Vazir Hilola Umarova o‘z ish faoliyatini davom ettiradimi?

Xabaringiz bor, 2023-yildan buyon Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Hilola Umarova joriy yil bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida o‘z nomzodini ilgari surgandi.
Aniqrog‘i, vazir partiya ro‘yxati bo‘yicha nomzod sifatida ko‘rsatilgandi. Amaldagi tartibga ko‘ra, agar Hilola Umarova deputatlikka saylanadigan bo‘lsa, egallab turgan lavozimidan voz kechishi kerak edi.
Saylov kodeksiga ko‘ra, partiya ro‘yxati bo‘yicha saylanib, mandatga ega bo‘lgan deputat mandatdan ixtiyoriy ravishda voz kechgan taqdirda, Markaziy saylov komissiyasi tegishli partiya ro‘yxatidagi tartib raqam bo‘yicha keyingi nomzodga bir kunlik muddatda xabarnoma yuboradi.
Ya’ni, shartli vazir mandatini qaytarib bersa, ro‘yxat bo‘yicha mandat olmagan nomzodga mandat beriladi.
2024-yil 28-oktyabr kuni saylov natijalari ham e’lon qilindi. Unda O‘zLiDeP 64 ta o‘rin bilan g‘alaba qozondi. Vazir Hilola Umarova esa aynan O‘zLiDePdan nomzod sifatida ko‘rsatilgandi.
Shu sababli, xalqtaliminfo.uz vazirlik bilan bog‘lanib, Hilola Umarovaning kelgusidagi faoliyati bilan qiziqdi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi rasmiylarining xalqtaliminfo.uz'ga ma’lum qilishicha, Umarova Hilola Uktamovna deputatlik mandatdan ixtiyoriy ravishda voz kechish to‘g‘risida bugun Markaziy saylov kommissiyasiga ariza yozgan. Ya’ni, u vazir sifatida o‘z ish faoliyatini davom ettiradigan bo‘ldi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Gulnora Karimova o‘zlashtirgan pullardan ta’limga ham yo‘naltirilmoqda

Ikki mingta maktab yuqori yuklama bilan ishlayapti

Maktab direktori lavozimi uchun 3 ming dollar

Yana ikki nafar maktab o‘quvchisi ijaraga mashina olib, avtohalokatga uchradi
Mavzuga doir yangiliklar

Vazir Hilola Umarova Malibu’dan foydalanishga o‘tdi
Hilola Umarova Mercedes-Benz rusumli xizmat avtomobilidan voz kechib, mahalliy avtomobil — Malibu’dan foydalanishga o‘tganini aniqlandi.

Vazir Hilola Umarovani yaqindan taniysizmi?
U 2023-yilning 30-dekabrda vazir bo'lgandi

Vazir Hilola Umarova faoliyatiga ikki yil
Vazir bu davr mobaynida qanday islohotlar qildi?

“2025-yil maktabgacha va maktab ta’limi tizimi xodimlari uchun xushxabarlarga boy bo‘ladi” – Hilola Umarova
Hilola Umarova ta’lim tizimi xodimlariga Yangi yil bayram tabrigini yo‘lladi
Izohingizni tahrirlang