Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan Karimov Sherzod Abdurasulovich Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida tashkiliy masalaga doir yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimlari, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova hamda vazirlik mutasaddilari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori o‘qib eshittirildi. Unga ko‘ra hozirga qadar Vazirlar Mahkamasi “Mahalla yettiligi”, yoshlar siyosati va ma’naviyat masalalari departamenti Yoshlar siyosati, maktabgacha va maktab ta’limi, sog‘liqni saqlash va ma’naviyat masalalari bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Karimov Sherzod Abdurasulovich Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlanganligi ma’lum qilindi.
Sh.Karimov 2006-2012-yillarda xalq ta’limi tizimida, 2012-2018-yillarda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida ishlagan.
2018-2024-yillarda Vazirlar Mahkamasi ta’lim, ijtimoiy rivojlanish masalalari departamenti, kotibiyati bo‘limida yetakchi, bosh mutaxassis, sho‘ba mudiri, kotibiyati mudirining o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
U 2024-yil 28-fevraldan bugungacha Vazirlar Mahkamasi “Mahalla yettiligi”, yoshlar siyosati va ma’naviyat masalalari departamenti Yoshlar siyosati, maktabgacha va maktab ta’limi, sog‘liqni saqlash va ma’naviyat masalalari bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18-oktyabr kuni 2020-yildan buyon vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Usmon Sharifxodjayev boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan lavozimidan ozod qilingandi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Fan olimpiadasi testlari tarqalishiga sababchi bo‘lganlar javobgarlikka tortiladi

Fan olimpiadasi testlari sotilgani aytilmoqda

O‘qituvchilarni xorijga malaka oshirishga yuborish jarayoni boshlandi

Sanitariya talablari buzilgani uchun ayrim xususiy bog‘chalar yopildi
Mavzuga doir yangiliklar

Yangi tashkil etilgan Respublika “Kelajak markazi”ga direktor tayinlandi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘i bilan Xoldarova Indira Abdukarimovna — Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Kelajak markazi” direktori lavozimiga tayinlandi.

Vazirlikning salohiyatli kadrlaridan biri Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktoriga o‘rinbosar bo‘ldi
Pedagog kadrlarga malaka toifalarini berish jarayonini tashkil etish va kasbiy sertifikatlash boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan Sardor Raximboyev Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Vazirlikning Moliya departamenti direktori Prezident Administratsiyasi mas’ul lavozimiga tayinlandi
Siradjev Ilxom Toxirovich — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari bo‘linmasi loyiha koordinatori lavozimiga tayinlandi.

E’zoza Karimovaga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Vazir maslahatchisi lavozimida ishlab kelayotgan Turdiyev Azizbek Anvarjonovich O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.
Izohingizni tahrirlang