O‘quvchilar besh tashabbus olimpiadasida o‘rin olsa, o‘qituvchiga ustama uchun ball beriladimi?

Savol
Maktabdagi jismoniy tarbiya o‘qituvchimizning futbol to‘garagidagi o‘quvchi qizlar jamoasi maktablar o‘rtasidagi besh tashabbus emas, mahalla doirasidagi besh tashabbus olimpiadasida futbol bo‘yicha tumanda 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Shu natija uchun 823-sonli qarorga asosan ustamaning baholash mezonidagi 30 ballni bersak bo‘ladimi?
Javob
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 1-ilovasi, 2-bandiga ko‘ra, o‘quvchilarning olimpiada, tanlovlar, musobaqalar va boshqa tadbirlardagi ishtiroki va natijalaridan kelib chiqib, o‘qituvchiga 10 balldan - 30 ballgacha berilishi mumkin.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 14-fevraldagi 03-01/14-623-sonli xati bilan 2024-2025-o‘quv yili uchun umumta’lim muassasalaridagi o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilashda inobatga olishga tavsiya etilgan fan olimpiadalari, ko‘rik tanlovlar, musobaqalar va tadbirlar ro‘yxati tasdiqlangan.
Mazkur ro‘yxatda esa “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi sport musobaqalaridagi natijalarni hisobga olish belgilangan.
Demak, bundan shunday xulosa qilish mumkinki, tuman (shahar) miqyosidagi “Besh tashabbus olimpiadasi”da qatnashgan o‘quvchilar 1-, 2-, 3-o‘rinlarni egallagan taqdirda o‘qituvchiga maksimal 30 ball berilishi mumkin.
Bu muhim: Faqat bu tartib yuqori sinf (5 — 11-sinf) o‘qituvchilari faoliyatini baholashda qo‘llaniladi. Ya’ni, bu yutuqqa boshlang‘ich sinf o‘quvchilari erishgan bo‘lsa, o‘qituvchiga ball berilmaydi.
Chunki, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga faqatgina maktab miqyosidagi tanlov va boshqa tadbirlarda qatnashgan o‘quvchilarning erishgan natijalariga qarab ball beriladi.
Muhim eslatma: O‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilashda inobatga olishga tavsiya etilgan fan olimpiadalari, ko‘rik tanlovlar, musobaqalar va tadbirlar ro‘yxati faqatgina 2024-2025-o‘quv yili uchun belgilangan.
Bu ro‘yxatdagi fan olimpiadalari, ko‘rik tanlovlar, musobaqalar va tadbirlar ro‘yxati kelasi o‘quv yili uchun yana qayta e’lon qilinadi.
Izohlar 3
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Toshkentda ilk bor bola huquqlari bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari forumi o‘tkazildi

Endi o‘quvchilar olgan sertifikatlar yakuniy imtihonlarda ham tan olinadi

Yangi o‘quv yilidan yagona davlat imtihonlari joriy qilinadi

O‘qituvchilarni 1-oktyabr munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida ko‘rsatma berildi
Mavzuga doir yangiliklar

70 foiz ustama oladigan o‘qituvchilar ro‘yxati “ERP” dasturiga kiritildi
Hududiy boshqarma boshliqlariga 70 foizlik ustama to‘lab berilishini nazoratga olish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma berdi.

70 fozilik ustama o‘qituvchining oylik maoshidan kelib chiqib to‘lanadimi?
O‘qituvchi bir stavkadan ortiq yoki kam dars bergan taqdirda, uning tarif stavkasi miqdori ham shunga mutanosib ravishda o‘zgarib boradi.

4 198 nafar o‘qituvchiga 70 foizlik ustama beriladigan bo‘ldi
Oliy va birinchi malaka toifasiga erishgan (yoki saqlagan) hamda 86 va undan yuqori ball to‘plagan pedagog kadrlar ro‘yxati tasdiqlandi.

O‘qituvchilarga qachondan boshlab 70 foizlik ustama to‘lash boshlanadi?
Pedagoglarga sertifikat olingan kundan boshlab 70 foizlik ustamalar ularning oylik ish haqlariga qo‘shib hisoblash boshlanadi.
Izohingizni tahrirlang