2025-yil 1-iyundan maktab direktor o‘rinbosari lavozimlaridan biri tugatiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-noyabrdagi PQ-393-son qaroriga ko‘ra, 2025-yil 1-iyundan ta’lim tashkilotlaridagi Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari — harbiy chaqiriqqacha tayyorgarlik rahbari lavozimi tugatilib, shtat birliklari Mudofaa vazirligiga o‘tkaziladi va ushbu shtat birliklari hisobidan CHQBT rahbari lavozimi joriy etiladi. Ya’ni, 2025-yil 1-iyundan boshlab ular direktor o‘rinbosari hisoblanmaydi.
CHQBT rahbari quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
- Mudofaa vazirligi tomonidan biriktirilgan ta’lim tashkilotida yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harbiy kasbga yo‘naltirish, harbiy-sport musobaqalari va CHQBT fani mashg‘ulotlarini tashkil etish;
- o‘quvchi-yoshlarni harbiy ta’lim muassasalariga saralash ishlarini olib borish;
- “Vatan tayanchi” otryadi faoliyatini boshqarish hamda harbiy qism va poligonlarda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish.
CHQBT rahbarlariga umumiy o‘rta ta’lim tashkiloti o‘qituvchisining bazaviy tarif stavkasi belgilanadi. Shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq, umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari xodimlari uchun belgilangan yillik mehnat ta’tillari beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-son Farmonida belgilangan tartibda CHQBT rahbarlariga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida bir martalik boshlang‘ich yordam puli va uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida har oylik pulli kompensatsiya to‘lanadi.
2025/2026-o‘quv yilidan boshlab har bir yangi tashkil etiladigan ta’lim tashkilotlari uchun 1 ta shtat birligidan iborat CHQBT rahbari lavozimi kiritib boriladi.
2025-yil 1-aprelga qadar CHQBT rahbari lavozimiga saralash natijalari bo‘yicha tayinlangan xodimlar faoliyati samaradorligini baholash ko‘rsatkichlarini (KPI) belgilash tartibini tasdiqladi.
Comments 2
Please register to comment!
News

Individuals who have held leadership positions in educational institutions for many years have been criticized.

"School Buses" were purchased using the Ministry's saved funds.

The awarding of points for bonuses to teachers who have improved their qualifications in 2024 has been officially confirmed.

"10 thousand US dollars were collected for the certification of teachers" - SSS
News on the topic

From the new academic year, the subject of initial pre-conscription training will be taught for two hours per week.
An additional load of one hour per week will be introduced for grades 10-11.

Toifa olgan CHQBT fani o‘qituvchisiga qo‘shimcha haq to‘lanishi kerakmi?
Ularning ish haqi o‘qituvchilar bazaviy tarif stavkasiga tenglashtirilgan

Schools are allowed to use military training grounds
From now on, schoolchildren will undergo practical training in firearms

CHQBT shtat birligi Mudofaa vazirligiga o‘tkaziladi
Bu haqda ta'limga oid taqdimotda aytildi
Edit your comment