Top.Mail.Ru
2025-yil 1-iyundan maktab direktor o‘rinbosari lavozimlaridan biri tugatiladi

Тексты сайта переведены Google, возможны ошибки!

2025-yil 1-iyundan maktab direktor o‘rinbosari lavozimlaridan biri tugatiladi

11:15 / 29.01.2025 39.25k

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-noyabrdagi PQ-393-son qaroriga ko‘ra, 2025-yil 1-iyundan ta’lim tashkilotlaridagi Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari — harbiy chaqiriqqacha tayyorgarlik rahbari lavozimi tugatilib, shtat birliklari Mudofaa vazirligiga o‘tkaziladi va ushbu shtat birliklari hisobidan CHQBT rahbari lavozimi joriy etiladi. Ya’ni, 2025-yil 1-iyundan boshlab ular direktor o‘rinbosari hisoblanmaydi.


CHQBT rahbari quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:


  • Mudofaa vazirligi tomonidan biriktirilgan ta’lim tashkilotida yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harbiy kasbga yo‘naltirish, harbiy-sport musobaqalari va CHQBT fani mashg‘ulotlarini tashkil etish;


  • o‘quvchi-yoshlarni harbiy ta’lim muassasalariga saralash ishlarini olib borish;


  • “Vatan tayanchi” otryadi faoliyatini boshqarish hamda harbiy qism va poligonlarda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish.


CHQBT rahbarlariga umumiy o‘rta ta’lim tashkiloti o‘qituvchisining bazaviy tarif stavkasi belgilanadi. Shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq, umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari xodimlari uchun belgilangan yillik mehnat ta’tillari beriladi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-son Farmonida belgilangan tartibda CHQBT rahbarlariga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida bir martalik boshlang‘ich yordam puli va uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida har oylik pulli kompensatsiya to‘lanadi.


2025/2026-o‘quv yilidan boshlab har bir yangi tashkil etiladigan ta’lim tashkilotlari uchun 1 ta shtat birligidan iborat CHQBT rahbari lavozimi kiritib boriladi.


2025-yil 1-aprelga qadar CHQBT rahbari lavozimiga saralash natijalari bo‘yicha tayinlangan xodimlar faoliyati samaradorligini baholash ko‘rsatkichlarini (KPI) belgilash tartibini tasdiqladi.

Комментарии 2

Показать больше
Для комментирования зарегистрируйтесь!

Теги

  • Преподаватель военной подготовки

Поделиться