Toifa olgan CHQBT fani o‘qituvchisiga qo‘shimcha haq to‘lanishi kerakmi?
Savol
CHQBT fani o‘qituvchisiman. Savolim shundan iboratki, men bahorgi attestatsiyada qatnashib, II toifani oldim, lekin menga shu kungacha mutaxassis sifatida maosh to‘lanyapti.
Bunga sabab qilib, siz shtatda ishlaysiz, toifangiz bo‘lsa, faqat dars soatingizga taalluqli deyishmoqda. Shu qanchalik to‘g‘ri?
Javob
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi PF-5315-son Farmoniga muvofiq 2017/2018-o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 11-yillik majburiy ta’lim joriy etilishi munosabati bilan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni chaqiruvga qadar tayyorgarlik rahbari lavozimi kiritilgan.
2020-yil 1-yanvardan boshlab mazkur lavozim O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi (sobiq Xalq ta’limi) vazirining 2019-yil 28-dekabrdagi 406-sonli buyrug‘ining 1-ilovasi 3-bandida harbiy chaqiriqqacha tayyorgarlik rahbari - Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari sifatida kiritilgan va ushbu lavozim majburiyati tarkibiga 10 soatgacha ushbu fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish belgilangan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi PQ-4884-son qarori ilovasi bilan tasdiqlangan “Ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini yanada takomillashtirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar dasturi”ning 25-bandiga asosan 2021-yil 1-apreldan boshlab umumta’lim muassasalarining Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari-Harbiy chaqiriqqacha tayyorgarlik rahbarining ish haqi miqdorini umumta’lim maktabining oliy ma’lumotli (toifasiz) o‘qituvchisi bazaviy tarif stavkasiga tenglashtirilgan.
Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-noyabrdagi 591-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 1-bandida fan o‘qituvchilariga zaxiradagi harbiy unvon va malaka toifalarini bеrish tizimini joriy etilishi, shuningdek, 32-bandida ChQBT fani o‘qituvchilari har uch yilda kamida bir marta malaka oshirish kurslariga jalb etilishi belgilangan.
Ilgari malaka oshirishdan o‘tmagan va ishga yangi qabul qilingan ChQBT fani o‘qituvchilariga yoki birinchi bor ishga kirgan ChQBT fani o‘qituvchilari kasbiy faoliyatiga uch yil to‘lgandan so‘ng malaka oshirishga jalb etilishi, 33-bandida malaka oshirishdan o‘tgan ChQBT o‘qituvchilariga tizimida ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda malaka toifalari bеrilishi bеlgilangan.
Mazkur Nizomning 37-bandida ChQBT fani o‘qituvchisi lavozimiga ko‘ra ta’lim muassasasi dirеktorining o‘rinbosariga tеnglashtiriladi. Ta’lim muassasasida ushbu fan o‘qituvchilari soni shtat bo‘yicha ikki nafar bo‘lgan taqdirda, ulardan ish staji va tajribasi ko‘p bo‘lgan ChQBT o‘qituvchisi lavozimi bo‘yicha dirеktor o‘rinbosari hisoblanadi.
Malakaviy attestatsiya xulosasiga ko‘ra, malaka toifasi berilgan chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlari umumta’lim muassasalarida - mos keluvchi malaka toifasiga ega bo‘lgan fan o‘qituvchilarining, o‘rta maxsus hamda boshlang‘ich professional ta’lim muassasalarida - tegishlicha katta (yetakchi, bosh) o‘qituvchilarning bazaviy lavozim maoshiga tenglashtirilishi belgilangan.
Shu munosabat bilan, malaka oshirishdan o‘tgan ChQBT fani o‘qituvchilariga qonunchilikda bеlgilangan tartibda malaka toifasiga ega bo‘lgandan kеyin umumta’lim muassasalarida mos kеluvchi malaka toifasiga ega bo‘lgan fan o‘qituvchilarining tеgishli malaka toifasi bo‘yicha ish haqi to‘lovlari amalga oshirilishi lozim.
Agar ChQBT fani o‘qituvchilariga qonunchilikda bеlgilangan tartibda qo‘shimcha ish haqi to‘lovlari amalga oshirilmayotgan bo‘lsa, hududiy kasaba uyushmasi bo‘limi yoki hududiy bandlik bo‘limiga yuqoridagi normalarni asos qilib keltirgan holda, yozma ravishda murojaat qilishni tavsiya qilamiz.
Ma’lumot uchun: Yuqoridagi xulosa hududiy MMTBning Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga yuborilgan so‘rov xatiga javoban yo‘llangan xati asosida tayyorlangan.
Комментарии 4
Для комментирования зарегистрируйтесь!Новости
Стало ли обязательным ношение национальной одежды в школах столицы?
2025-yil 1-iyundan maktab direktor o‘rinbosari lavozimlaridan biri tugatiladi
Заместитель хокима стал начальником Бухарского РМО
Назначен новый начальник отдела дошкольного и школьного образования Ташкентской области
Тематические новости
2025-yil 1-iyundan maktab direktor o‘rinbosari lavozimlaridan biri tugatiladi
2025-yil 1-iyundan boshlab ular direktor o‘rinbosari hisoblanmaydi
208 школ в республике будут преобразованы в военизированные учебные заведения
Об этом было подписано постановление Президента
Школам разрешили использовать военные полигоны
Теперь школьники будут проводить практические занятия по стрельбе из оружия
CHQBT shtat birligi Mudofaa vazirligiga o‘tkaziladi
Bu haqda ta'limga oid taqdimotda aytildi
Редактировать комментарий