Toifasiga qo‘shimcha haq to‘lanmagan CHQBT o‘qituvchisi sudda yutib chiqdi
CHQBT fani o‘qituvchisi unga malaka toifasi uchun qo‘shimcha haq to‘lanmaganidan norozi bo‘lib, hududiy Adliya bo‘limiga murojaat qilgan, Adliya bo‘limi esa hududiy MMTB ustidan sudga da’vo arizasi kiritgan. Xalqtaliminfo.uz sud hujjatlari bilan tanishib chiqdi.
Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-noyabrdagi 591-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 1-bandida fan o‘qituvchilariga zaxiradagi harbiy unvon va malaka toifalarini bеrish tizimini joriy etilishi nazarda tutilgan.
Shuningdek, malakaviy attestatsiya xulosasiga ko‘ra, malaka toifasi berilgan chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlari umumta’lim muassasalarida - mos keluvchi malaka toifasiga ega bo‘lgan fan o‘qituvchilarining, o‘rta maxsus hamda boshlang‘ich professional ta’lim muassasalarida - tegishlicha katta (yetakchi, bosh) o‘qituvchilarning bazaviy lavozim maoshiga tenglashtirilishi belgilangan.
Ammo shunga qaramay, ayrim hududlarda malaka toifasiga ega bo‘lgan CHQBT fani o‘qituvchilariga qo‘shimcha to‘lovlar amalga oshirilmagan. Shu sababli, ba’zi CHQBT fani o‘qituvchilari o‘z huquqlarini talab qilib, tegishli organlarga murojaat qilgan.
Jumladan, Namangan viloyati Uychi tuman Adliya bo‘limi manfaatdor F.Aning manfaatida sudga da’vo ariza bilan murojaat qilib, javobgar Uychi tuman Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limiga nisbatan ustama haqini undirishni so‘ragan.
Shundan so‘ng, fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tumanlararo sudining 2025-yil 18-iyundagi hal qiluv qarori bilan da’vogarlarning da’vo talablari qisman qanoatlantirilib, javobgar Uychi tuman Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi hisobidan manfaatdor F.Aning foydasiga 9 mln 155 ming 916 so‘m ustama haqi va 37 ming 500 so‘m pochta xarajati undirish belgilangan.
Ammo javobgar Uychi tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mazkur sud qaroridan norozi bo‘lib Namangan viloyat sudi fuqarolik ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga apellyatsiya tartibida shikoyat bilan murojaat qilgan.
Shundan so‘ng, mazkur ish 2025-yil 13-avgust kuni Namangan viloyat sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining ochiq sud majlisida sudya M.Sultanova raisligida ko‘rib chiqilgan.
Ish hujjatlariga ko‘ra, da’vogar F.A Uychi tumanidagi maktablarning birida direktorining buyrug‘i bilan chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik rahbari lavozimida ishlab kelgan.
2024-yil 28-iyunda da’vogar F.Aga “Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” ixtisosligi bo‘yicha 2-malaka toifa sertifikati berilgan bo‘lsa-da, shu vaqtga qadar qo‘shimcha to‘lovlar amalga oshirilmagan.
Sud tomonidan ish hujjatlari o‘rganib chiqilib, Uychi tuman Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi hisobidan manfaatdor F.Aning foydasiga 13 mln 612 ming 379 so‘m ustama haqi va 37 ming 500 so‘m pochta xarajati undirilishi belgilandi.
Комментарии 4
Для комментирования зарегистрируйтесь!
Новости
Pedagoglar “Yil o‘qituvchisi” bo‘yicha appelyatsiya berolmayapti
Vazirlik tizimidagi Respublika tashxis markazi direktoriga “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni berildi
Начальник народного образования и директора были оштрафованы за азартные игры.
Аттестационная плата взимается до 10 марта, но в случае ошибки возврат средств не производится
Тематические новости
Аттестация
Attestatsiya jarayonlarini to‘xtatib turish lozim
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri E'zoza Karimova hamda Baholash markazi direktori Dilrabo Davidovaga ochiq murojaat.
Новости
Attestatsiya borasidagi uzoq tortishuvlardan so‘ng, vazirlik o‘qituvchilarga ball qo‘shib beradigan bo‘ldi
Savol tuzilishida aniqlashtirish zarurati borligi sababli pedagog kadrlarning manfaatlarini inobatga olgan holda, testda ushbu savol tushgan pedagoglarning attestatsiya natijalariga tegishli o‘zgartirish kiritish maqsadga muvofiq, deb topildi.
Аттестация
“Biz adolat istaymiz, biz 2 ball uchun kurashmayapmiz” — vazirlikni sudga bergan o‘qituvchi bilan suhbat
Malaka toifasi uchun o‘tkazilgan attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lib, sudga da’vo arizasi kiritgan andijonlik pedagog Nuriddin Ergashov bilan suhbat.
Новости
Attestatsiya masalasi bilan Prezident administratsiyasi shug‘ullanadi
Attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lgan o‘zbekistonlik o‘qituvchilar bilan bog‘liq masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘llangandi.
Русский
Редактировать комментарий