Attestatsiya borasidagi uzoq tortishuvlardan so‘ng, vazirlik o‘qituvchilarga ball qo‘shib beradigan bo‘ldi
2025-yilning aprel-may oylarida o‘tkazilgan attestatsiya sinovlarida tarix fanidan keltirilgan bir savol javobi bo‘yicha pedagoglar o‘rtasida e’tirozlarga sabab bo‘lgandi. Shundan so‘ng, to‘rt nafar tarix fani o‘qituvchisi attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lib, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ustidan sudga da’vo arizasi kiritdi.
Mazkur sud ishi bo‘yicha da’vo arizasi kiritgan pedagoglar esa jiddiy bosimga ham uchradi. Lekin pedagoglar haqiqatni talab qilib, ortga chekinishdan bosh tortdi.
Pedagoglar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini sudga berishdan avval murosa yo‘lini izlab, pedagog.uzedu.uz platformasidagi shaxsiy kabineti orqali appelyatsiya murojaatini ham yuborgan, shuningdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ayrim mutasaddilariga ommaviy murojaat ham yo‘lladi.
Ammo appelyatsiya murojaatiga barcha pedagoglarga yuboriladigan bir xil mazmundagi javob kelgan, tegishli mutasaddilardan ham tayinli javob olinmagan. Ularning bu urinishlari ham samarasiz yakunlangach, sudga da’vo arizasi kiritishga qaror qilishgan.
Bir necha marta sud ham bo‘lib o‘tdi, uchrashuvlar tashkil qilindi. Ammo, natija so‘nggida sud pedagoglar da’vosini asossiz deb topib, vazirlik foydasiga qaror chiqardi.
Eng muhimi, pedagoglar shunda ham ortga chekinmadi. Da’vogarlar sud qaroridan norozi bo‘lib apellyatsiya shikoyati kiritdi, 11-fevral kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisida da’vogarlar kiritgan apellyatsiya shikoyati esa ko‘rilmasdan qoldirildi.
Bo‘lib o‘tgan bir necha sud ishlarida ham Ispaniyani vestgotlar egallagani haqidagi ma’lumotlar tan olinmaganidan so‘ng, tarixchi-pedagoglardan biri AQShning Pensilvaniya universiteti hamda bir nechta ispaniyalik tarixchi olimlariga bu masala bo‘yicha xulosa berishlarini so‘rab rasmiy xat yubordi.
Shundan so‘ng, jahon reytingida top-100 ro‘yxatiga kiradigan Pensilvaniya universiteti va ispaniyalik olimlardan “langobardlar Ispaniyani bosib olmagan” degan mazmunda javob xatlari keldi.
Shunda ham vazirlik o‘z xatosini tan olmagach, tarixchi-pedagog Jalol Boltayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga rasmiy murojaat yo‘lladi. Prezidentga murojaat yo‘llanganidan keyingina vazirlik bu masala jiddiy tus olganini anglab yetdi va Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazida mazkur masala yuzasidan tarixchi olimlar ishtirokida muhokama va suhbatlar tashkil etildi.
Nihoyat bugun bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan savol mazmunida ilmiy talqinlar o‘rtasida tafovut mavjudligi, savol tuzilishida aniqlashtirish zarurati borligi sababli pedagog kadrlarning manfaatlarini inobatga olgan holda, testda ushbu savol tushgan pedagoglarning attestatsiya natijalariga tegishli o‘zgartirish kiritish maqsadga muvofiq deb topildi.
Bunda ushbu test savol uchun bir nechta javob variantlarni (A) Langobardlar, B) Vestgotlar) to‘g‘ri deb qabul qilinishi hamda o‘quv adabiyotlari mazmunini aniqlashtirish bo‘yicha ilmiy-metodik ishlar tashkil etilishini ma’lum qilindi.
Umumiy xulosa shuki, yuqoridagi birgina misol O‘zbekistonda pedagoglarni baholash, ularni attestatsiyadan o‘tkazish tizimi talabga javob bera olmasligini ko‘rsatdi. Shu sababli, bu tizimni qayta isloh qilish zaruriy ehtiyojlardan biridir.
Комментарии 34
Для комментирования зарегистрируйтесь!
Новости
Maktab maslahatchisi lavozimiga talabalarni ishga qabul qilish boshlab yuborildi
Prezident bunday topshiriq bermagandi: o‘qituvchilarni xorijga yuborish xarajatlari ularning bo‘yniga ilindi
Обсуждены недостатки в системе повышения квалификации педагогов
Несмотря на распространение "варианта X," объявлены результаты национального сертификата по истории.
Тематические новости
Новости
Стала известна дата практического экзамена для учителей физической культуры
Утверждены план-график проведения квалификационных испытаний в форме практического экзамена, а также состав региональных рабочих групп и оценочной комиссии.
Новости
Attestatsiya bazasi yana “ish ko‘rsatdi”
2026-yil 27-aprel kuni o‘tkazilgan matematika fanidan bo‘lib o‘tgan malaka toifa sinovlari paytida texnik nosozlik tufayli pedagoglar imtihon o‘tkaziladigan binoda uzoq vaqt qolib ketganligi aytildi.
Аттестация
Nega milliy sertifikatda A+ olgan o‘qituvchi malaka toifa imtihonidan yiqilmoqda?
Bugungi ta’lim tizimida ko‘plab o‘qituvchilar orasida bir savol keng tarqalgan: nega milliy sertifikatda yuqori — A+ darajaga erishgan pedagoglar ham malaka toifa imtihonlarida kerakli ballni to‘play olmayapti?
Аттестация
Vazir E’zoza Karimova attestatsiyaga bordi, endi tizim o‘zgaradimi?
So‘nggi yillarda vazir sifatida faoliyat yuritgan Ulug‘bek Inoyatov, Sherzod Shermatov ham, Baxtiyor Saidov ham va Hilola Umarova ham shaxsan test jarayonlari o‘tkazilayotgan manzilga borib, norozi o‘qituvchilar bilan suhbatlashmagandi.
Русский
Редактировать комментарий