Endi CHQBT rahbarlariga ham 20 foizgacha ustama to‘lanadi
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik rahbari va “Jasorat maktablari” faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida Hukumat qarori qabul qilindi.
Qaror bilan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik rahbari lavozimiga nomzodlarni saralash va ularning faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi nizom hamda “Jasorat maktablari”ga o‘quvchilarni qabul qilish va o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
Endilikda, CHQBT rahbarlariga ularning faoliyati samaradorligini baholash ko‘rsatkichlari (KPI) asosida erishilgan natijadorligidan kelib chiqib, bazaviy tarif stavkasining 20 foizigacha miqdorda qo‘shimcha har oylik ustama to‘lanadi.
Ushbu ustama Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalari hamda tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limlari xarajatlar smetalarida shakllantiriladigan xodimlarni moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi doirasida to‘lanadi.
Bunda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda CHQBT rahbarlarining faoliyati samaradorligini baholash ko‘rsatkichlarini (KPI) va ularning mehnatini qo‘shimcha rag‘batlantirish tartibini ishlab chiqib, tasdiqlaydi.
CHQBT rahbarlariga malaka toifalari ta’lim muassasalari pedagog xodimlariga malaka toifalarini berish bo‘yicha qonunchilik hujjatlariga muvofiq beriladi.
CHQBT rahbari lavozimiga tanlov asosida qabul qilingan, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibidagi haqiqiy harbiy xizmatdan yosh bo‘yicha (harbiy xizmatda bo‘lish yoshi chegarasiga yetganda) yoki sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra rezervga bo‘shatilgan ofitserlar, oliy ma’lumotli oddiy askar va serjantlar tarkibiga mansub kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning haqiqiy harbiy xizmatni o‘tash davrida olgan oxirgi malaka toifasi pedagogik malaka toifasiga quyidagicha tenglashtiriladi hamda bazaviy tarif stavkasini belgilashda inobatga olinadi:
- “Master” — oliy malaka toifasiga;
- “I daraja” — birinchi malaka toifasiga;
- “II daraja” — ikkinchi malaka toifasiga.
Keyinchalik ushbu malaka toifalari pedagog kadrlar uchun belgilangan tartibda oshirib (tasdiqlab yoki tushirib) boriladi.
Комментарии 0
Для комментирования зарегистрируйтесь!
Новости
Теперь учителя старших классов не смогут учиться в начальной школе
Учителя физической культуры и музыки будут проходить аттестацию в ином порядке.
A.Avloniy nomidagi malaka oshirish institutiga yangi prorektor tayinlandi
Ta’lim sohasidagi hamkorlik uchun e’tirof
Тематические новости
Новости
Toifasiga qo‘shimcha haq to‘lanmagan CHQBT o‘qituvchisi sudda yutib chiqdi
CHQBT fani o‘qituvchisi unga malaka toifasi uchun qo‘shimcha haq to‘lanmaganidan norozi bo‘lib, hududiy Adliya bo‘limiga murojaat qilgan, Adliya bo‘limi esa hududiy MMTB ustidan sudga da’vo arizasi kiritgan. Xalqtaliminfo.uz sud hujjatlari bilan tanishib chiqdi.
Новости
С нового учебного года предмет начальной допризывной подготовки будет преподаваться по два часа в неделю.
Для 10-11 классов будет введена дополнительная нагрузка в размере одного часа в неделю.
Новости
2025-yil 1-iyundan maktab direktor o‘rinbosari lavozimlaridan biri tugatiladi
2025-yil 1-iyundan boshlab ular direktor o‘rinbosari hisoblanmaydi
You asked
Toifa olgan CHQBT fani o‘qituvchisiga qo‘shimcha haq to‘lanishi kerakmi?
Ularning ish haqi o‘qituvchilar bazaviy tarif stavkasiga tenglashtirilgan
Русский
Редактировать комментарий