B2 sertifikatiga ega o‘qituvchi ko‘proq dars olishi mumkinmi?
Savol
Talabaman, maktabda 1,5 yildan beri asosiy ishchi sifatida ishlayman. TKT Band3 hamda B2 sertifikatlarim bor. Maktabda esa 2 ta ingliz tili o‘qituvchisi bor.
Biri men yana biri esa u ham talaba edi, bu yil diplomini oldi, lekin hali hatto B2 sertifikati ham yo‘q. U mutaxassis sifatida qaytadan ishga kiradimi, sertifikati bo‘lmasa ham ishda qololadimi?
“Zavuchimiz” sertifikat talab qilinmayapti dedi. Shunga dars soatlarni men bilan teng bo‘lmoqchi. Chunki u oliy ma’lumotli, seni esa hali diploming yo‘q deydi. Lekin nizom bo‘yicha men ko‘proq dars olishim kerak emasmi?
Javob
“Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida” nizomning 15-bandining 17-xatboshida oliy ta’lim muassasalarining pedagogik yo‘nalish bo‘yicha bitiruvchi bosqich talabalariga ham dars soatlari ajratilishi nazarda tutilgan.
Mazkur ustuvor ketma-ketlik bo‘yicha oliy ma’lumotli, diplomga ega bo‘lgan o‘qituvchilar talabalardan ko‘proq dars soatlari olishi mumkinligi ko‘rsatilgan.
Ammo, nizomning 15-bandi 4-xatboshida chet tili va STEAM fanlaridan mutaxassisligi bo‘yicha xalqaro sertifikatlarga ega o‘qituvchilar (TESOL Level 5, CEFR B2, IELTS 6 va undan yuqori, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadigan boshqa sertifikatlar) uchun maksimal dars soatlari ajratilishi nazarda tutilgan.
Hozirgi kunda aynan dars taqsimotida muhim rol o‘ynaydigan sertifikatlar ro‘yxati Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan aniq belgilanmagan.
Ammo, 2024-yil 29-may kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “Xorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlangan.
Mazkur ro‘yxatda chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha B2 darajadagi milliy sertifikat ham keltirib o‘tilgan.
Ma’lumki, “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 15-bandida nazarda tutilgan yuqori ko‘rsatgichlardan birini qo‘lga kiritgan pedagoglar maksimal miqdorda dars soati olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ya’ni, o‘qituvchi qanchalik ko‘p yutuqlarni qo‘lga kiritsa, uning dars taqsimoti bo‘yicha maqomi ham shunga mutanosib ravishda oshib boradi.
Shu sababli, agar asosiy xodim sifatida ishlayotgan talaba nizomning 15-bandi 4-xatboshida nazarda tutilgan sertifikatlardan birini qo‘lga kiritsa, u bunday ko‘rsatgichlari mavjud bo‘lmagan pedagoglarga nisbatan ko‘proq dars olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Yuqoridagi vaziyatda garchi talaba ustuvor ketma-ketlik bo‘yicha oliy ma’lumotli, diplomga ega bo‘lgan o‘qituvchidan quyiroqda turgan bo‘lsa-da, ammo u B2 darajadagi milliy sertifikatga ega bo‘lganligi bois, oliy ma’lumotli, diplomga ega bo‘lgan o‘qituvchidan ko‘ra ko‘proq dars soati olishga haqli, deb hisoblaymiz.
Comments 13
Please register to comment!
News
Ba’zi bolalar 12 yillik ta’limda, ba’zilari 11 yillik ta’limda o‘qiydi
A case of illegal religious education has been identified in Samarkand.
Minister Ezoza Karimova made a presentation to the President for the first time
Are schools in Surkhandarya returning to paperwork again?
News on the topic
Вы спрашивали
Does a teacher who has received a category have the right to demand more lessons?
An equal number of teaching hours, i.e., the maximum number of teaching hours, can be assigned to a pedagogical worker with an equal qualification category.
News
From the new academic year, lawyers will also be allowed to teach at school.
Persons with a bachelor's degree in "Jurisprudence" and "State and Public Administration" are allowed to teach without undergoing retraining courses.
News
High school teachers will no longer be able to teach in elementary school.
According to the amendments and additions, high school teachers may no longer be able to access the classroom hours available in elementary school.
News
Now the results of the subject Olympiad will not give any advantages in the distribution of lessons.
From now on, teachers who have trained winners of international olympiads, as well as those who have trained winners of republican, regional, and district stages of the main olympiads, will not be given any priority in the distribution of lessons.
English
Edit your comment