B2 sertifikatiga ega o‘qituvchi ko‘proq dars olishi mumkinmi?
Savol
Talabaman, maktabda 1,5 yildan beri asosiy ishchi sifatida ishlayman. TKT Band3 hamda B2 sertifikatlarim bor. Maktabda esa 2 ta ingliz tili o‘qituvchisi bor.
Biri men yana biri esa u ham talaba edi, bu yil diplomini oldi, lekin hali hatto B2 sertifikati ham yo‘q. U mutaxassis sifatida qaytadan ishga kiradimi, sertifikati bo‘lmasa ham ishda qololadimi?
“Zavuchimiz” sertifikat talab qilinmayapti dedi. Shunga dars soatlarni men bilan teng bo‘lmoqchi. Chunki u oliy ma’lumotli, seni esa hali diploming yo‘q deydi. Lekin nizom bo‘yicha men ko‘proq dars olishim kerak emasmi?
Javob
“Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida” nizomning 15-bandining 17-xatboshida oliy ta’lim muassasalarining pedagogik yo‘nalish bo‘yicha bitiruvchi bosqich talabalariga ham dars soatlari ajratilishi nazarda tutilgan.
Mazkur ustuvor ketma-ketlik bo‘yicha oliy ma’lumotli, diplomga ega bo‘lgan o‘qituvchilar talabalardan ko‘proq dars soatlari olishi mumkinligi ko‘rsatilgan.
Ammo, nizomning 15-bandi 4-xatboshida chet tili va STEAM fanlaridan mutaxassisligi bo‘yicha xalqaro sertifikatlarga ega o‘qituvchilar (TESOL Level 5, CEFR B2, IELTS 6 va undan yuqori, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadigan boshqa sertifikatlar) uchun maksimal dars soatlari ajratilishi nazarda tutilgan.
Hozirgi kunda aynan dars taqsimotida muhim rol o‘ynaydigan sertifikatlar ro‘yxati Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan aniq belgilanmagan.
Ammo, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “Xorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlangan.
Mazkur ro‘yxatda chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha B2 darajadagi milliy sertifikat ham keltirib o‘tilgan.
Ma’lumki, “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 15-bandida nazarda tutilgan yuqori ko‘rsatgichlardan birini qo‘lga kiritgan pedagoglar maksimal miqdorda dars soati olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ya’ni, o‘qituvchi qanchalik ko‘p yutuqlarni qo‘lga kiritsa, uning dars taqsimoti bo‘yicha maqomi ham shunga mutanosib ravishda oshib boradi.
Shu sababli, agar asosiy xodim sifatida ishlayotgan talaba nizomning 15-bandi 4-xatboshida nazarda tutilgan sertifikatlardan birini qo‘lga kiritsa, u bunday ko‘rsatgichlari mavjud bo‘lmagan pedagoglarga nisbatan ko‘proq dars olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Yuqoridagi vaziyatda garchi talaba ustuvor ketma-ketlik bo‘yicha oliy ma’lumotli, diplomga ega bo‘lgan o‘qituvchidan quyiroqda turgan bo‘lsa-da, ammo u B2 darajadagi milliy sertifikatga ega bo‘lganligi bois, oliy ma’lumotli, diplomga ega bo‘lgan o‘qituvchidan ko‘ra ko‘proq dars soati olishga haqli, deb hisoblaymiz.
Eslatma: ‘‘Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida’’gi nizomning 15-bandi to‘rtinchi xatboshisida nazarda tutilgan normalar faqatgina [2026-yil 1-avgustga qadar - tahr.] chet tili va STEAM fani o‘qituvchilariga tatbiq qilinadi.
Izohlar 13
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Ba’zi bolalar 12 yillik ta’limda, ba’zilari 11 yillik ta’limda o‘qiydimi?
Samarqandda noqonuniy diniy ta’lim berish holati aniqlandi
Vazir E’zoza Karimova birinchi marta prezidentga taqdimot qildi
Surxondaryodagi maktablar yana qog‘ozbozlikka qaytyaptimi?
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Toifa olgan o‘qituvchi ko‘proq dars talab qilishga haqlimi?
Teng malaka toifasiga ega bo‘lgan pedagog xodimga dars soatlarini teng miqdorda, ya’ni dars soatlarining maksimal miqdorlari belgilanishi mumkin.
Yangiliklar
Yangi o‘quv yilidan huquqshunoslarga ham maktabda dars o‘tishga ruxsat beriladi
“Yurisprudensiya” hamda “Davlat va jamiyat boshqaruvi” ta’lim yo‘nalishida bakalavr darajasiga ega bo‘lgan shaxslarga qayta tayyorlov kurslaridan o‘tmasdan dars berishga ruxsat etiladi.
Yangiliklar
Endi yuqori sinf o‘qituvchilari boshlang‘ich sinfdan dars ololmaydi
Kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlarga ko‘ra, endilikda yuqori sinf o‘qituvchilari boshlang‘ich sinflarda mavjud bo‘lgan dars soatlarini ololmasligi mumkin.
Yangiliklar
Endilikda fan olimpiadasi natijalari dars taqsimotida hech qanday ustunlik bermaydi
Endilikda xalqaro olimpiadalar g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilarga ham, asosiy olimpiadalarning respublika, viloyat va tuman bosqichi g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilarga ham dars taqsimotida hech qanday ustunlik berilmaydi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang