Top.Mail.Ru
O‘qituvchilarga beriladigan mukofot puli miqdori 75 foizga oshirilgan

The website texts are translated by Google, errors possible!

O‘qituvchilarga beriladigan mukofot puli miqdori 75 foizga oshirilgan

22:51 / 09.09.2025 66

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 29-bandida umumta’lim muassasalari xodimlari, shu jumladan rahbar xodimlari faqat “1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Jamg‘armaning mavjud mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 50 foizigacha miqdorida mukofotlanishi mumkinligi qayd etilgandi.


Bunda mukofot puli miqdorini hisoblashda o‘qituvchining oylik maoshi emas, balki mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kelib chiqib hisob-kitob qilinadi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga muvofiq 2025-yil 1-avgustdan boshlab mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — oyiga 1 mln 271 ming so‘m etib belgilangan.


Bunda pedagog va rahbar xodimlarga beriladigan mukofot puli miqdori 635 ming 500 so‘mni tashkil etardi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-51-sonli farmoni bilan pedagog va rahbar xodimlarga beriladigan mukofot puli miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 75 foizigacha etib belgilangan.


Ya’ni, endilikda pedagog va rahbar xodimlarga “1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan 635 ming 500 so‘m emas, balki 953 ming 250 so‘m miqdorida mukofot puli beriladi.

Comments 0

Show more
Please register to comment!

Author of the article

Ulugbek Pulatov

Ulugbek Pulatov

Project founder

Tegs

  • Prize money

Share