O‘qituvchilarga beriladigan mukofot puli miqdori 75 foizga oshirilgan

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 29-bandida umumta’lim muassasalari xodimlari, shu jumladan rahbar xodimlari faqat “1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Jamg‘armaning mavjud mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 50 foizigacha miqdorida mukofotlanishi mumkinligi qayd etilgandi.
Bunda mukofot puli miqdorini hisoblashda o‘qituvchining oylik maoshi emas, balki mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kelib chiqib hisob-kitob qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga muvofiq 2025-yil 1-avgustdan boshlab mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — oyiga 1 mln 271 ming so‘m etib belgilangan.
Bunda pedagog va rahbar xodimlarga beriladigan mukofot puli miqdori 635 ming 500 so‘mni tashkil etardi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-51-sonli farmoni bilan pedagog va rahbar xodimlarga beriladigan mukofot puli miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 75 foizigacha etib belgilangan.
Ya’ni, endilikda pedagog va rahbar xodimlarga “1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan 635 ming 500 so‘m emas, balki 953 ming 250 so‘m miqdorida mukofot puli beriladi.
Комментарии 0
Для комментирования зарегистрируйтесь!
Новости

Maktablarda bo‘lar-bo‘lmas tadbirlar o‘tkazishga chek qo‘yiladi

O‘zbekiston 12 yillik ta’lim tizimiga o‘tadi

Ta’limga oid yangi o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda

O‘qituvchilar attestatsiya sud ishida vazirlikka yutqazdi
Тематические новости

Увеличен размер премий, выплачиваемых учителям
Теперь педагогическим и руководящим работникам в связи с "1 октября - Днем учителей и наставников" будет выплачиваться премия в размере 866 250 сумов вместо 577 500 сумов.

Сколько должно быть выплачено педагогам?
525 тысяч или 577 тысяч 500 сумов?

Можно ли 100 процентам учителей школы выдавать премиальные?
Премирование педагогов осуществляется на основании решения Рабочей группы

Могут ли педагоги, поступившие на новую работу, вернувшиеся из декретного отпуска или находящиеся в отпуске, также получать премиальные?
Они могут быть премированы в размере до 50 процентов минимальной заработной платы
Редактировать комментарий