Maktabdagi barcha xodimga mukofot puli berish mumkinmi?

Savol
1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan pedagoglardan boshqa toifa xodimlarga ham “premiya” berish mumkinmi yoki faqat pedagoglarga mukofot berish kerakmi?
Javob
Barcha toifa xodimlarga 1-oktyabr munosabati bilan mukofot berish mumkin. Bu tashkilotning mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlariga bog‘liq. MK 12-moddasiga ko‘ra, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar quyidagilardan iborat:
- jamoa kelishuvlari;
- jamoa shartnomalari;
- ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishuvga ko‘ra qabul qilinadigan ichki hujjatlar;
- ichki hujjatlar, shu jumladan ish beruvchi o‘z vakolatlari doirasida yakka o‘zi qabul qiladigan yakka tartibdagi huquqiy hujjatlar.
MK 13-moddasiga ko‘ra, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda xodimlar uchun mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilanganiga nisbatan qo‘shimcha huquqlar va kafolatlar nazarda tutilishi mumkin.
MK 67-moddasiga ko‘ra, jamoa shartnomasining mazmunini va tuzilishini uning taraflari belgilaydi. Aytaylik, tashkilot jamoa shartnomasida ish beruvchi tomonidan xodimlarga belgilangan tartibda tasdiqlangan smetalarga muvofiq Mehnat kodeksining 208-moddasida nazarda tutilgan bayramlar munosabati bilan mukofotlash qo‘llaniladi deb yozilgan bo‘lsa, 9 ta bayram (ishlanmaydigan) kunlar munosabati bilan barcha xodimlar uchun (jinsidan qat’i nazar) mukofotlash qo‘llaniladi. Ya’ni 1-oktyabr, 8-mart uchun ham barcha xodimlarga, erkak-ayol, boshqaruv xodimi-yu texnik xodimlarga, barcha-barchasiga “premiya” beriladi.
Mehnat kodeksi 34-moddasiga ko‘ra mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklikning asosiy prinsiplaridan biri taraflar tomonidan majburiyatlarni o‘z zimmasiga olishning ixtiyoriyligi hamda taraflar o‘z zimmasiga olayotgan majburiyatlarning haqiqiyligi va ularni bajarishning majburiyligidir.
Ish beruvchi jamoa shartnomasida ixtiyoriy ravishda majburiyatlar olganmi, demak, olingan majburiyatlarning haqiqatda bajarilishini ta’minlashi ham shart. Shuningdek, jamoa shartnomasi, jamoa kelishuvi majburiyatlarini buzganlik va bajarmaganlik mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishi tariqasida baholanadi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 49-moddasi (Mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) bo‘yicha javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi.
Demak, xulosa qiladigan bo‘lsak, agar tashkilotning mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarida Mehnat kodeksining 208-moddasida nazarda tutilgan bayramlar munosabati bilan mukofotlash qo‘llaniladi deb yozilgan bo‘lsa, 1-oktyabr munosabati bilan barcha xodimlarga mukofot berilishi kerak.
Aytaylik, tashkilot jamoa shartnomasi yoki boshqa ichki hujjatlarida mukofot nazarda tutilmagan bo‘lsa-chi?
Yuqorida tahlil qilganimizdek, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga nafaqat jamoa shartnomasi yoki boshqa ichki hujjatlar, balki ish beruvchi o‘z vakolatlari doirasida yakka o‘zi qabul qiladigan yakka tartibdagi huquqiy hujjatlar (buyruqlar, farmoyishlar, qarorlar MK 18-moddasi) ham kiradi.
Demak, garchi jamoa shartnomasi yoki boshqa ichki hujjatlarda mukofotlar nazarda tutilmagan bo‘lsa-da, ish beruvchilar qonunchilikda belgilangan tartibda o‘z vakolatlari doirasida muayyan xodimga (xodimlarga) yoki jamoaga yo‘naltirilgan va bir marta qo‘llanilish uchun mo‘ljallangan yakka tartibdagi huquqiy hujjatlar — buyruqlar, farmoyishlar, qarorlar qabul qilishi mumkin. Masalan, 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan barcha toifadagi xodimlarni mukofotlash mumkin.
Mehnat huquqiga oid boshqa xababrlarni @mehnathuquqi Telegram kanalida ham kuzatib boring.
Комментарии 5
Для комментирования зарегистрируйтесь!
Новости

Среди учащихся будет проведена олимпиада имени Алишера Навои, победители которой будут приняты на обучение на грантовой основе.

Стало ясно, в каком порядке учителя музыки и физической культуры получат национальный сертификат.

Министру Эъзозе Каримовой направлен депутатский запрос

Те, кто стал причиной распространения тестов предметной олимпиады, будут привлечены к ответственности.
Тематические новости

Нельзя ли преподавателю, которому назначена надбавка, выплатить премию?
Никаких правил о невыдаче премии педагогическому работнику, назначенному с надбавкой, не установлено.

O‘qituvchilarga beriladigan mukofot puli miqdori 75 foizga oshirilgan
Endilikda pedagog va rahbar xodimlarga “1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan 635 ming 500 so‘m emas, balki 953 ming 250 so‘m miqdorida mukofot puli beriladi.

Поручено наградить учителей в связи с 1 октября
Министерство дошкольного и школьного образования в связи с "1 октября - Днем учителей и наставников" поручило наградить всех сотрудников, работающих в образовательных организациях, в том числе руководящих и технических работников, в связи с этим праздником.

Могут ли педагоги, поступившие на новую работу, вернувшиеся из декретного отпуска или находящиеся в отпуске, также получать премиальные?
Они могут быть премированы в размере до 50 процентов минимальной заработной платы
Редактировать комментарий