O‘qituvchilar mukofot pulidan soliq ushlab qolinishi kerakmi?
So‘nggi vaqtlarda pedagog xodimlar uchun “1 oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati beriladigan mukofot puli mablag‘laridan soliq ushlab qolinganligi ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lyapti. Shu sababli, ushbu holatga batafsil sharh berishga qaror qildik.
Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qaroriga asosan umumta’lim muassasalari xodimlari, shu jumladan rahbar xodimlari faqat “1 oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan direktor jamg‘armasining mavjud mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 75 foizigacha miqdorida mukofotlanishi mumkinligi hamda bunda mukofotlash davrida mukofot miqdori Jamg‘armani amaldagi moliyaviy holatidan kelib chiqib, uning mavjud mablag‘lari doirasida belgilanadi.
Soliq kodeksining 372-moddasida yuridik shaxsning mukofotlash to‘g‘risidagi nizomida nazarda tutilgan rag‘batlantirish to‘lovlari rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar jumlasiga kirishi, 371-moddasida mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar tarkibiga kodeksning 372-moddasiga muvofiq rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar kiritilishi, 370-moddasi 1-qismida kodeksning 371-moddasiga muvofiq xodimning mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlari jami daromad tarkibiga kiritilishi belgilangan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, “1 oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan beriladigan mukofot pullari xodimni mukofotlash to‘g‘risidagi nizomida nazarda tutilganligi ya’ni Vazirlar Mahkamasining 823-sonli qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida” Nizomda belgilanganligi sababli rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lov hisoblanadi va ushbu to‘lov xodimning jami daromad tarkibiga kiritiladi.
Shunga ko‘ra, ushbu pul mukofoti xodimning jami daromad tarkibiga kirganligi sababli daromad solig‘i va ijtimoiy soliq solinadi.
Agar xodimga 1 020 000 so‘m mukofot puli hisoblansa, undan 12% daromad solig‘i, +1% kasaba uyushmalariga a’zoligi uchun jami ushlanma 132 600 so‘m bo‘lib, qo‘lga tegadigan qismi 887 400 so‘mga teng bo‘ladi.
Bundan tashqari, Soliq kodeksining 369-moddasi birinchi qismi 1-bandiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida bir yo‘la beriladigan pul mukofoti, sovg‘alar va budjet subsidiyalari jismoniy shaxslarning jami daromadi tarkibiga kiritilmaydi.
Bunda, mazkur moddaning 16-bandiga asosan jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan belgilanadigan dasturlarda ishtirok etishi natijasida olingan bonuslar, pul mukofotlari tarzidagi pul to‘lovlaridan iborat daromadlari jismoniy shaxslarning jami daromadi tarkibiga kiritilmaydi.
Misol uchun, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-apreldagi 264-sonli qarori bilan “Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblari uchun beriladigan bazaviy hisoblash miqdorining 1400 baravari miqdoridagi bir martalik pul mukofoti jismoniy shaxslarning jami daromadi tarkibiga kiritilmaydi va daromad solig‘i ushlanmaydi.
Xulosa qilib aytganda, “1 oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan beriladigan mukofot puli mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromad, ya’ni rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lov hisoblanadi. Shu sababli undan belgilangan tartibda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i ushlab qolinishi to‘g‘ri.
Demak, mukofot pulidan soliq ushlanishi yoki ushlanmasligi uning shunchaki “mukofot” deb nomlanishiga emas, balki ushbu to‘lovning huquqiy asosi va Soliq kodeksida belgilangan imtiyozga kirish-kirmasligiga bog‘liq.
Комментарии 3
Для комментирования зарегистрируйтесь!
Новости
1-oktaybrdan xususiy universitetlarga qabul yopiladi
Bolalarga nisbatan jinsiy zo‘avonlik uchun umrbod qamoq jazosi belgilanmoqda
Bog‘cha tarbiyalanuvchi hasharotlarga qarshi dori ichib qo‘yishi oqibatida vafot etdi
Yangi baholashga o'tgan 601 ta maktabga joriy o'quv yili uchun ustamalar belgilandi
Тематические новости
You asked
Maktabdagi barcha xodimga mukofot puli berish mumkinmi?
1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan pedagoglardan boshqa toifa xodimlarga ham “premiya” berish mumkinmi yoki faqat pedagoglarga mukofot berish kerakmi?
You asked
Нельзя ли преподавателю, которому назначена надбавка, выплатить премию?
Никаких правил о невыдаче премии педагогическому работнику, назначенному с надбавкой, не установлено.
Напоминание
O‘qituvchilarga beriladigan mukofot puli miqdori 75 foizga oshirilgan
Endilikda pedagog va rahbar xodimlarga “1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan 635 ming 500 so‘m emas, balki 953 ming 250 so‘m miqdorida mukofot puli beriladi.
Новости
Поручено наградить учителей в связи с 1 октября
Министерство дошкольного и школьного образования в связи с "1 октября - Днем учителей и наставников" поручило наградить всех сотрудников, работающих в образовательных организациях, в том числе руководящих и технических работников, в связи с этим праздником.
Русский
Редактировать комментарий