E’zoza Karimovaga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Vazir maslahatchisi lavozimida ishlab kelayotgan Turdiyev Azizbek Anvarjonovich O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.
U 1983-yil 3-aprelda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 2000–2006-yillarda O‘zbekiston Milliy universitetida tahsil olib, magistratura bosqichini ham shu yerda tamomlagan. Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega.
Azizbek Turdiyev ilk mehnat faoliyatini 2006-yilda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasida boshlagan. U “O‘zbekiston” telekanali “Assalom, O‘zbekiston!” studiyasida muharrirlikdan boshlab, katta muharrir, bosh muharrir o‘rinbosarigacha bo‘lgan lavozimlarda ishlagan. 2014–2015-yillarda “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi va matbuot xizmati bo‘limi bosh mutaxassisi sifatida faoliyat yuritgan.
2015–2017-yillarda “Teatr” jurnali bosh muharriri bo‘lgan. Keyinchalik, 2017–2018-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentida kinematografiyani rivojlantirish masalalari bo‘yicha yetakchi mutaxassis lavozimida ishlagan.
2018–2019-yillarda Oliy Majlis Senati devonining axborot-tahlil bo‘limida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sohasidagi qonun hujjatlarini tahlil qilish sho‘basi yetakchi maslahatchisi bo‘lgan. 2019–2023-yillarda esa Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi kotibiyati bosh maslahatchisi sifatida faoliyat olib borgan.
2023-yildan buyon Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri maslahatchisi lavozimida ishlab kelayotgandi. Endilikda esa u o‘z faoliyatini vazir o‘rinbosari sifatida davom ettiradi.
Comments 2
Please register to comment!
News

“O‘qituvchilik kasbini eng obro‘li kasbga aylantirish bo‘yicha boshlagan ishlarimiz izchil davom ettiriladi” — Shavkat Mirziyoyev

Kindergarten children were massively poisoned, the minister personally took control of the situation.

Gulnara Karimova's confiscated funds will be used for the repair of rural schools.

Xorijiy til o‘qituvchilarining xursand bo‘lishiga hali erta...mi?
News on the topic

Yangi tashkil etilgan Respublika “Kelajak markazi”ga direktor tayinlandi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘i bilan Xoldarova Indira Abdukarimovna — Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Kelajak markazi” direktori lavozimiga tayinlandi.

Vazirlikning salohiyatli kadrlaridan biri Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktoriga o‘rinbosar bo‘ldi
Pedagog kadrlarga malaka toifalarini berish jarayonini tashkil etish va kasbiy sertifikatlash boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan Sardor Raximboyev Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Vazirlikning Moliya departamenti direktori Prezident Administratsiyasidagi mas’ul lavozimga tayinlandi
Siradjev Ilxom Toxirovich — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari bo‘linmasi loyiha koordinatori lavozimiga tayinlandi.

Rectors appointed to universities under the Ministry of Preschool and School Education
By the relevant decision of the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan, rectors have been appointed to universities under the ministry.
Edit your comment