Kimlar maktab maslahatchisi sifatida ishga olinishi aniq bo‘ldi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabdan tashqari ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan 2025-yil 1-oktyabrdan boshlab umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 1 shtat birligida maktab maslahatchisi lavozimi joriy qilinmoqda.
Ammo kimlar maktab maslahatchisi lavozimiga tayinlanishi mumkinligi haqidagi savol ochiq qolgandi. Chunki, maktab maslahatchilarining malaka tavsiflari tasdiqlanmagandi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 30-sentyabrdagi 368-sonli buyrug‘i bilan maktab maslahatchilarining malaka tavsiflari tasdiqlandi. Xalqtaliminfo.uz mazkur buyruq bilan tanishib chiqdi.
Unga ko‘ra maslahatchilar oliy, bakalavr diplomiga ega bo‘lishi lozim. Magistratura, ilmiy darajaga egalik afzallik beriladi.
Bunda pedagogika, psixologiya mutaxassisligiga ega bo‘lgan nomzodlar maktab maslahatchisi lavozimida ishlashi mumkin bo‘ladi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari hamda “El-yurt umidi” jamg‘armasi davlat stipendiantlari g‘oliblariga esa mutaxassislik talab etilmaydi.
Maktab maslahatchisi lavozimiga nomzodlardan ish staji talab qilinmaydi.
Qo‘shimcha talablar
- Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi;
- maktabgacha va maktab ta’limi sohasiga oid qonunchilik hamda idoraviy va ichki lokal hujjatlardan, shuningdek, ta’lim standartlaridan xabardor bo‘lishi;
- xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilish;
- davlat tilini bilish (rus, ingliz va boshqa chet tillarini bilish ustuvorlik beradi.
Eslatma: O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunining 28-moddasiga muvofiq qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ilgari sudlangan shaxslar ta’lim tashkilotlarining rahbarlik lavozimlariga tayinlanishi mumkin emas.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonunining 15-moddasiga muvofiq:
- qonuniy kuchga kirgan sud hukmiga muvofiq pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum etilgan shaxslar;
- qonunchilikda belgilangan tartibda sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar;
- pedagogik faoliyatni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan kasalliklari bo‘lgan shaxslar;
- psixiatriya yoki narkologiya muassasalarida hisobda turgan shaxslarning pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ilgari sudlangan shaxslarni pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlarga qabul qilish mumkin emas.
Comments 68
Please register to comment!
News
Prezident nomiga MMTV tizimidan 5 mingga yaqin murojaat yo‘llangan
MMTV tizimida 6,7 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzilish holati aniqlandi
“Hech bir o‘qituvchi o‘z hisobidan chet elda malaka oshirishga majbur qilinmadi" — rasmiy izoh berildi
Endilikda bo‘lajak o‘qituvchilar bilimi tashqi diagnostikadan o‘tkaziladi
News on the topic
News
Nega maktab maslahatchisi lavozimiga talabalar qabul qilinyapti? “Kelajak” markazi izoh berdi
Maktab maslahatchisi lavozimiga oliy, bakalavr diplomiga ega bo‘lgan nomzodlar qabul qilinishi belgilangan bo‘lsa-da, talabalariga ham maktab maslahatchisi lavozimi uchun nomzod sifatida ariza yuborishga rozilik bergani haqida xabar bergandik.
News
Maktab maslahatchisi lavozimiga talabalarni ishga qabul qilish boshlab yuborildi
Respublika “Kelajak” markazi bosh mutaxassisi Nodirbek Murodovning xabar berishicha, ayni vaqtda oliy ta’lim tashkilotlarining 4-bosqich (kunduzgi) hamda sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan 5-bosqich talabalari ham maktab maslahatchisi lavozimiga ishga qabul qilinmoqda.
Do you know?
Maktab maslahatchisi qanday tartibda lavozimga tayinlanadi?
2025-yil 9-sentyabrda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida har bir maktabda maslahatchi lavozimi joriy qilinishi tashabbusi ilgari surilgandi.
Do you know?
Shtatlar qisqarganda ham ayrim toifadagi xodimlarni ishdan bo‘shatib bo‘lmaydi
Ko‘pchilik qisqarishga tushayotgan xodimlar uchun mehnat qonunchiligida qanday imtiyoz va kafolatlar borligi haqida to‘liq ma’lumotga ega emas.
English
Edit your comment