Ta’limni rivojlantirish markazi direktori Prezident Administratsiyasiga ishga o‘tdi, TRMga esa boshqa rahbar tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining farmoyishi bilan Yuliya Vasilyevna Risyukova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari bo‘linmasining loyiha koordinatori lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori lavozimidan ozod etildi.
Shu vaqtga qadar Ta’limni rivojlantirish markazi direktori o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Shaxzodbek Karimovich Kurbaniyazov esa Markaz direktori lavozimiga tayinlandi.
Ma’lumot uchun: Yuliya Risyukova haqida ochiq manbalarda batafsil ma’lumotlar e’lon qilinmagan. Ammo, uning 2019-yilda “Kasb ta’limi” yo‘nalishi talabalarida ilmiy-metodik web-faoliyatni shakllantirish” mavzusida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olganligi haqidagi ma’lumotlar bor.
Kurbaniyazov Shaxzodbek 1984-yil 17-noyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. 2007-yil AQShning Baltimor shahar Merilend universitetining bakalavri, 2013-yil Toshkent moliya instituti magistraturani tamomlagan. Iqtisod fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
- 2013-2016-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti katta o‘qituvchisi, dekan muovini, Xalqaro aloqalar bo‘lim boshlig‘i;
- 2016-2017-yillarda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bosh mutaxassisi;
- 2017-2019-yillarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari;
- 2019-2019-yillarda “El-yurt umidi” jamg‘armasi direktori o‘rinbosari;
- 2020-2022-yillarda Qurilish vazirligining Qurilishda texnik me’yorlash markazi bo‘lim boshlig‘i, Xalqaro aloqalar va indekslar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlab kelgan.
- 2022-yilda TDPU transformatsiyaga mas’ul bo‘lgan prorektori lavozimiga, keyinroq Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi boshqarma boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.
- 2025-yil 6-noyabrdan buyon Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Comments 0
Please register to comment!
News
Ertadan pedagoglar uchun kuzgi attestatsiya sinovlari boshlanadi
Ta’lim tizimida psixologik xizmatni rivojlantirish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi
“Aravani tortolmagan kadr bizning oramizda bo‘lmaydi” — Erkinjon Turdimov
O‘qituvchilar attestatsiyasini o‘tkazuvchi markaz boshqa tashkilotga qo‘shib yuborildi
News on the topic
Appointment
Ta’lim va ilm-fan vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi
Erkinjon Turdimovdan ham avvalroq vazirlik qayta tashkil etilgan kunning o‘zida vazirning komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari tayinlangandi. Biroq, boshqa o‘rinbosarlar tayinlanmagandi. Bugun mazkur tayinlovlar amalga oshirildi.
Appointment
Hokim Erkinjon Turdimov Ta’lim va ilm-fan vaziri etib tayinlandi
Surxandaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov yangi tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim va ilm-fan vazirligiga rahbar etib tayinlandi.
Appointment
MMTVning sobiq matbuot kotibi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi axborot xizmati rahbari lavozimiga tayinlandi
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktorining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimiga Rustamova Laylo Suvankulovna tayinlandi.
Appointment
Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga yangi rahbar tayinlandi
Ayapov Amanjol Tlepovich Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri etib tayinlandi.
English
Edit your comment