Top.Mail.Ru
Ta’limni rivojlantirish markazi direktori Prezident Administratsiyasiga ishga o‘tdi, TRMga esa boshqa rahbar tayinlandi

Тексты сайта переведены Google, возможны ошибки!

Ta’limni rivojlantirish markazi direktori Prezident Administratsiyasiga ishga o‘tdi, TRMga esa boshqa rahbar tayinlandi

18:00 / 17.02.2026 307

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining farmoyishi bilan Yuliya Vasilyevna Risyukova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari bo‘linmasining loyiha koordinatori lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori lavozimidan ozod etildi.


Shu vaqtga qadar Ta’limni rivojlantirish markazi direktori o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Shaxzodbek Karimovich Kurbaniyazov esa Markaz direktori lavozimiga tayinlandi.


Ma’lumot uchun: Yuliya Risyukova haqida ochiq manbalarda batafsil ma’lumotlar e’lon qilinmagan. Ammo, uning 2019-yilda “Kasb ta’limi” yo‘nalishi talabalarida ilmiy-metodik web-faoliyatni shakllantirish” mavzusida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olganligi haqidagi ma’lumotlar bor.


Kurbaniyazov Shaxzodbek 1984-yil 17-noyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. 2007-yil AQShning Baltimor shahar Merilend universitetining bakalavri, 2013-yil Toshkent moliya instituti magistraturani tamomlagan. Iqtisod fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).


  • 2013-2016-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti katta o‘qituvchisi, dekan muovini, Xalqaro aloqalar bo‘lim boshlig‘i;


  • 2016-2017-yillarda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bosh mutaxassisi;


  • 2017-2019-yillarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari;


  • 2019-2019-yillarda “El-yurt umidi” jamg‘armasi direktori o‘rinbosari;


  • 2020-2022-yillarda Qurilish vazirligining Qurilishda texnik me’yorlash markazi bo‘lim boshlig‘i, Xalqaro aloqalar va indekslar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlab kelgan.


  • 2022-yilda TDPU transformatsiyaga mas’ul bo‘lgan prorektori lavozimiga, keyinroq Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi boshqarma boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.


  • 2025-yil 6-noyabrdan buyon Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Комментарии 0

Показать больше
Для комментирования зарегистрируйтесь!

Теги

  • Назночение

Поделиться