MMTVga bo‘ysinadigan oliygohlarda “Qalqon” patrullari tashkil etiladi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 23-fevraldagi 76-sonli buyrug‘i bilan pedagogika oliy ta’lim tashkilotlarida “Qalqon” patrullarini tashkil etish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, endilikda oliygoh talabalarining odob-axloq qoidalariga amal qilishini nazorat qiladigan hamda talabalar orasida xavfli xulq-atvor belgilarini barvaqt aniqlash va tegishli mas’ullarga axborot berish uchun xizmat qiladigan “Qalqon” patrullarini tashkil etiladi.
“Qalqon” patrullarini ixtiyoriylik tamoyili asosida, talabalar orasidan shakllantirilib, ularning faoliyati Yoshlar siyosati va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari tomonidan muvofiqlashtiriladi.
“Qalqon” patrullari:
- talabalarning odob-axloq qoidalariga amal qilishini nazorat qilish;
- ta’lim tashkilotlarida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, turli sport va fan to‘garaklariga jalb qilish, talabalarning huquqiy ongi va ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirishga ko‘maklashish;
- talabalar o‘rtasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning zarari haqida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish;
- talabalar orasida xavfli xulq-atvor belgilarini barvaqt aniqlash va tegishli mas’ullarga axborot berish, shu jumladan oliy ta’lim tashkilotlaridagi profilaktika inspektorlari bilan hamkorlik qilish;
- ta’lim tashkiloti ma’muriyati, huquq-tartibot organlari va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish;
- ta’lim tashkiloti hududida xavfsizlik qoidalariga rioya etilishini nazorat qilishga ko‘maklashish bilan shug‘ullanadi.
“Qalqon” patrullari a’zolari 1 yil muddatga a’zolikka qabul qilinib, ta’lim tashkilotlarining talabalari orasidan 20-30 kishidan iborat tarkibda tuziladi va uning faoliyatiga Yoshlar siyosati va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari rahbarlik qiladi.
Nizomda “Qalqon” patrullari a’zolari faoliyatini moliyalashtirish, ularni moddiy rag‘batlanish haqida so‘z bormagan. Katta ehtimol bilan patrullik xizmati jamoatchilik asosida tashkil qilinmoqda.
Comments 0
Please register to comment!
News
The Ministry was sharply criticized for holding a teacher responsible for an electronic diary.
Bolalarga zo‘ravonlik uchun 6 pedagog jarimaga tortilib, 15 nafari intizomiy jazo oldi
The most active readers in schools will receive a prize of 10 million soums.
Now, every Thursday, officials will visit educational institutions and meet with young people.
News on the topic
News
A republican competition "Most Innovative Idea" will be held in universities.
Starting in 2026, the republican competition "Most Innovative Idea" will be held annually to identify ideas with high potential for transformation into startup projects.
News
This year, 84.2% of the state grant quota was filled by school graduates.
This year, 438,869 students graduated from the school, 75 percent of whom took entrance exams to universities. At the same time, the indicator of school graduates scoring the maximum points on entrance exams to higher education increased 5 times.
Do you know?
Information in Uzbek only
Information in Uzbek only
News
Now applicants will not have problems entering universities
Now, if applicants were unable to enter any of the 5 universities, but their score matched an unfilled program at another university, the rector of that university will be able to admit them on a contract basis.
English
Edit your comment