Top.Mail.Ru
Vazir E’zoza Karimova maktabda dars o‘tdi

The website texts are translated by Google, errors possible!

Vazir E’zoza Karimova maktabda dars o‘tdi

13:36 / 02.03.2026 23.22k

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova Namangan viloyati, Davlatobod tumanidagi 48-maktabda tashkil qilingan “Kelajak soati” doirasida “Muqaddas ayol” mavzusida dars o‘tdi.


Vazir darsdan keyin maktabning pedagogik jamoasi bilan muloqot tashkil qildi. Unda maktabda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha kelgusida yo‘lga qo‘yilishi lozim bo‘lgan qator masalalar muhokama qilingan. 



Ma’lumki, 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab, bog‘cha, maktab, oliygoh, nodavlat ta’lim tashkilotlarida “Kelajak soati” darslari faoliyati yo‘lga qo‘yilgandi.


Ushbu darslar haftaning har dushanba kuni ta’lim tashkilotlarida interaktiv usulda o‘tilib, o‘qituvchilar ushbu darslarni o‘tishda milliytarbiya.uz platformasidan foydalanib kelyapti.


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi “Kelajak soati” loyihasi doirasida vazirlar, keng jamoatchilik vakillari, shu jumladan, mahalliy hokimiyat rahbarlari, viloyat, tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi boshliqlari, jurnalist, bloger, hamda filologlarni maktabga faol jalb qilib kelyapti.


Bilamizki, hozirgi yoshlarni shunchaki ma’lumot bilan ta’minlash yetarli emas. Ularni mustaqil fikrlashga, vaziyatni tahlil qilishga va ongli qaror qabul qilishga o‘rgatish tobora muhim vazifaga aylanmoqda.


Shu maqsadda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan joriy etilgan “Kelajak soati” darslari maktab hayotiga yangi yo‘nalish olib kirdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ushbu dars mashg‘ulotlarda vazirlar, hududiy rahbarlar, olimlar, jurnalistlar va turli soha mutaxassislari o‘quvchilar bilan uchrashib, o‘z tajribasi haqida suhbatlashayotgani juda yaxshi tendensiya hisoblanadi.


Chunki, bunday ochiq muloqot o‘quvchilarga kasbiy va hayotiy tanlovlar haqida real misollar orqali tasavvur hosil qilish imkonini beradi. Natijada darslar faqat nazariy bilim bilan cheklanmay, amaliy hayot bilan bog‘lanadi. Mutaxassislar bilan bevosita suhbatlar esa yoshlarning mustaqil fikrlashi va qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.


Avvallari Sinf soati darslari asosan sinf rahbarlari tomonidan o‘tilar, ko‘tarilgan mavzular ko‘proq umumiy tushuntirish va nazariy misollar bilan cheklanib qolardi. O‘quvchilar uchun bu darslar tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lsa-da, real tajribalar bilan bog‘liqlik har doim ham yetarli darajada ta’minlanmasdi.


“Kelajak soati” darslarida esa yondashuv biroz o‘zgargan. Endilikda mashg‘ulotlarga soha mutaxassislari, vazirlar, hududiy rahbarlar, olimlar va jurnalistlar taklif etilmoqda. Ular o‘z ish faoliyati, duch kelgan muammolari va qabul qilgan qarorlari haqida ochiq gapirib beryapti.


Shu jihat darslarning mazmunini boyitmoqda. O‘quvchilar mavzularni faqat kitobdagi nazariya orqali emas, balki real tajriba asosida o‘rganish imkoniga ega bo‘lmoqda. Natijada suhbatlar jonliroq kechmoqda, savol-javoblar ko‘paymoqda va yoshlar kelajakdagi kasbi hamda shaxsiy tanlovlari haqida jiddiyroq o‘ylay boshlamoqda.

Comments 3

Show more
Please register to comment!

Author of the article

Ulugbek Pulatov

Ulugbek Pulatov

Project founder

Tegs

  • Education policy

Share