Endilikda o‘quvchi va talabalar natijalari maxsus platformaga kiritib boriladi
“O‘zbekiston yoshlar ligasi” platformasi ishga tushiriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan bir guruh yoshlar bilan bo‘lib o‘tayotgan uchrashuv chog‘ida ma’lum qildi.
Bunda yoshlar o‘z natijasini platformaga kiritib boradi. Bu ma’lumotlar vazirliklar tomonidan o‘rganiladi va natijalarga qarab yoshlarga ball berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Yuqori ball to‘plagan yoshlarga ta’limda grant, kontraktga chegirma, “kasb vaucheri” beriladi, xorijda o‘qish puli qoplab beriladi. Tadbirkorlikda imtiyozli kredit olish, akselerator dasturida qatnashish imkoni yaratiladi.
Shuningdek, ish joyida xorijiy stajirovka tashkil etiladi, davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasiga kiritiladi, uy-joy olishda imtiyozli ipoteka ajratiladi. Yil yakunida eng yuqori natijalarga erishgan yoshlar tantanali ravishda taqdirlanadi.
“Umuman, “O‘zbekiston yoshlar ligasi” barcha maktab va texnikum o‘quvchilari, o‘zimizda va xorijiy oliygohlarda o‘qiyotgan va ilm-fan bilan shug‘ullanayotgan yigit-qizlarimiz, davlat va xususiy sektorda ishlayotgan yoshlarimiz, chet eldagi vatandoshlarimizning farzandlarini Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida birlashtiradigan umummilliy harakatga aylanadi”, – dedi prezident.
Comments 1
Please register to comment!
News
2031-yilgacha barcha maktab darsliklari yangi alifboga o‘tkaziladi — vazir o‘rinbosari
Tashkent is studying the need for school buses
School Principal Jailed Over Distribution of Teaching Hours
New extracurricular clubs will be established in schools, and participation will be free of charge
News on the topic
Education policy
O‘zbekiston ta’limi: ilk mustaqillik yillarini eslab…
Zamonaviy shakldagi maktablar O‘zbekistonda 1921-1922-yillarda tashkil etila boshladi. Unga qadar o‘zbek xalqi ta’lim tizimida bolalarga turli xil usullarda ta’lim berishga mo‘ljallangan “maktabxona”, “daloilxona”, “qorixona”, “madrasa”, “rus-tuzem maktabi”, “gimnaziya”, “jadid maktablari” kabi ta’lim maskanlari faoliyat yuritgan.
Education policy
Boshlang‘ich ta’limni rivojlantirish uchun Jahon banki 100 mln dollar ajratadi
2030-yilgacha 50 ming nafar boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, maktab rahbarlari va ta’lim tizimi ma’murlarining pedagogik hamda boshqaruv salohiyati oshiriladi. Yangi maktablar qurish va mavjudlarini kengaytirish orqali sifatli ta’limdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi hamda boshlang‘ich maktablarda 27 mingta yangi o‘quv o‘rni yaratiladi.
Education policy
Oradan 4 yil o‘tib, ta’lim vaziri parlamentga hisob berdi
2022-yildan buyon vazirning shaxsan o‘zi Qonunchilik palatasida o‘tkaziladigan “hukumat soati”da ishtirok etmay kelayotgandi.
News
Prezident nomiga MMTV tizimidan 5 mingga yaqin murojaat yo‘llangan
Tahlillarga ko‘ra, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimi bo‘yicha jami 4 796 ta murojaat kelib tushgan.
English
Edit your comment