Bir yildan buyon bo‘sh turgan Respublika ta’lim markazi direktori lavozimiga rahbar tayinlandi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq, vazirlik huzuridagi Respublika ta’lim markazi direktori lavozimiga Norboyeva Dilshoda Abdunasimovna tayinlandi.
2025-yilning yanvar oyida 2024-yil 12-fevraldan buyon Respublika ta’lim markazi direktori lavozimida ishlab kelgan Xudaykulov Sherzod Uktamovich lavozimidan ozod qilingandi. Shu vaqtdan buyon Respublika ta’lim markazi direktori lavozimi bo‘sh qolgandi.
Keyinroq markazga Dilshoda Norboyeva vaqtincha vazifa bajaruvchi direktor sifatida tayinlangan. Xalqtaliminfo.uz manbasining xabar berishicha, vazirlikning O‘quv jarayonini metodik jihatdan ta’minlash va darsliklar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Dilshoda Norboyeva lavozimidan to‘liq ozod qilinib, Respublika ta’lim markazi direktori lavozimiga tayinlangan. Hozircha vazirlik mazkur tayinlov borasidagi rasmiy ma’lumotlarni ochiqlamagan.
Norboyeva Dilshoda Abdunasimovna 1984-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 2006-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetini tamomlagan va ta’lim tizimida o‘z faoliyatini boshlagan.
Dastlab A.Navoiy nomidagi Respublika Nafis san’at litseyida tarbiyachi sifatida ish boshlagan. Keyinchalik Respublika o‘quvchilar saroyida faoliyat yuritgan. 2010-2012-yillarda Toshkent shahridagi 300-sonli davlat ixtisoslashtirilgan maktabda ingliz tili o‘qituvchisi sifatida ishlagan. 2012-2013-yillarda 268-sonli umumta’lim maktabida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
2013-2015-yillarda Sergeli tumani xalq ta’limi bo‘limida kichik guruh rahbari, 2015-2016-yillarda esa O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Postda” gazetasi va “Qalqon” jurnali tahririyatida faoliyat yuritgan.
2016-yildan boshlab u yana ta’lim tizimida o‘z faoliyatini davom ettirib, Sergeli tumani xalq ta’limi bo‘limida xorijiy tillar metodisti, bosh inspektor-metodist lavozimlarida ishlagan. 2017-2019-yillarda Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasida ta’lim sifati monitoringi bo‘limida bosh inspektor-metodist bo‘lgan.
2019-2020-yillarda Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazida direktor o‘rinbosari sifatida ilg‘or xalqaro tadqiqotlarni joriy etish bo‘yicha ishlagan. 2020-yilda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi ta’lim sifati monitoringi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimini egallagan.
2021-2022-yillarda Prezident ta’lim muassasalari agentligida O‘quv jarayonini metodik ta’minlashni takomillashtirish bo‘limida bosh mutaxassis, keyinchalik ushbu bo‘lim boshlig‘i bo‘lgan.
2023-yildan boshlab Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining O‘quv jarayonini metodik ta’minlash va darsliklar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.
Comments 1
Please register to comment!
News
Vazir attestatsiyadan norozi bo‘lgan bir guruh o‘qituvchilarga duch keldi
Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari Prezident administratsiyasi va Sport vazirligiga murojaat yo‘lladi
The certification fee for teachers has been reduced by 50 percent.
Vazir E’zoza Karimova va uning xodimlari oqqon va saratonga chalingan bolalar chizgan rasmlarni yuqori narxda sotib oldi
News on the topic
Appointment
Toshkent shahar MMTBga yangi rahbar tayinlandi
Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Raximjonov Jamshid Rafiqjon o‘g‘li boshqarma boshlig‘i lavozimiga vaqtincha vazifa bajaruvchi etib tayinlandi.
Appointment
Toshkent shahar MMTB boshlig‘i vazirlikka ishga o‘tdi
Yuldasheva Iroda Saloxutdinovna Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod qilinib, MMTV O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Appointment
Surxondaryo “oblono” boshlig‘i vazirlikka ishga o‘tdi, uning o‘rniga esa yangi rahbar tayinlandi
Mamadiyev Xusniddin Norboyevich Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga, Tashpulatov Bekzod Xamitovich esa viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Appointment
Ta’limni rivojlantirish markazi direktori Prezident Administratsiyasiga ishga o‘tdi, TRMga esa boshqa rahbar tayinlandi
Yuliya Vasilyevna Risyukova Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari bo‘linmasining loyiha koordinatori lavozimiga, Shaxzodbek Karimovich Kurbaniyazov esa Markaz direktori lavozimiga tayinlandi.
English
Edit your comment