Top.Mail.Ru
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimi tugatildi

The website texts are translated by Google, errors possible!

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimi tugatildi

19:14 / 03.10.2026 393

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-apreldagi “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-73-sonli Farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining pedagogik ta’limni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi joriy etilgandi.


Bu lavozimga tayinlangan shaxslar bir vaqtning o‘zida Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori vazifasini ham bajarardi.


Ushbu lavozim respublikada pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yagona yondashuv asosida yangi sifat bosqichiga olib chiqish maqsadida tashkil etilgandi.


Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti esa pedagog kadrlar tayyorlash bo‘yicha yetakchi oliy ta’lim tashkiloti sifatida belgilanib, prezidentning 2025-yil 28-apreldagi PF-73-sonli Farmoni bilan respublikadagi jami 13 ta pedagogika oliy ta’lim tashkilotlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimiga o‘tkazilgandi.


Oradan bir yil o‘tib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-oktyabrdagi “Ayrim davlat oliy ta’lim muassasalarining boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ–358-son qarori bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining pedagogik ta’limni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimi tugatildi.


Shuningdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi 17 ta oliy ta’lim muassasasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimiga o‘tkazildi.


O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Nizomiy Ganjaviy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti deb qayta nomlandi.


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining pedagog kadrlar tayyorlash sohasidagi vazifalari esa Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga yuklatildi.


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining pedagogik ta’limni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi joriy etilgan vaqtda bu lavozimda Qirg‘izboyev Abdug‘affor Karimjonovich faoliyat yuritardi.


Keyinroq, 2025-yil 7-may kuni bu lavozimga Karimova E’zozxon Gapirjоnovna tayinlandi. 2025-yil 31-iyulda Karimova bu lavozimdan ozod qilinib, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga tayinlangan.


2026-yil 16-fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Umarova Hilola Uktamovna lavozimidan ozod etilib, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining pedagogik ta’limni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimiga tayinlangandi.

Comments 0

Show more
Please register to comment!

Author of the article

"Xalq ta'limi Info"

"Xalq ta'limi Info"

Editorial

Tegs

  • Deputy Minister

Share