Vazir Hilola Umarovaga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Karimova E’zozxon Gapirjоnovna Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari — Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimiga tayinlandi. Mazkur tayinlov Prezident Shavkat Mirziyoyev qarori bilan amalga oshirilgan.
E.Karimova bunga qadar Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi vazifasida ishlab kelayotgandi.
E.Karimova 2021-yilda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi bo‘limi boshlig‘i, 2021-2023-yillarda Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori maslahatchisi lavozimlarida ishlagan.
2023-2024-yillarda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universitetining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori vazifasida ham ishlagan.
E.Karimova O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni hamda “O‘zbekiston konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi E.Karimovaning ilmiy faoliyati haqidagi ma’lumotlarni ochiqlamagan.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Maktablar hududidagi bog‘larni xususiylashtirish taqiqlanadi
Musiqa fani o‘qituvchilariga 20 foizgacha oylik ustama to‘lanadi
Toshkent shahar ta’lim va ilm-fan boshqarmasi boshlig‘i o‘zgardi
6 yoshli bolalar maktabga tayyorlov bilan to‘liq qamrab olinadi, 10 ta oliygoh Top-1000 ga kiritiladi — prezident farmoni
Mavzuga doir yangiliklar
Tayinlov
Toshkent shahar ta’lim va ilm-fan boshqarmasi boshlig‘i o‘zgardi
Raximov Madamin Umarovich Toshkent shahar ta’lim va ilm-fan boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. M.Raximov ko‘p yillar davomida ta’lim sohasida ishlagan.
Tayinlov
Ta’lim vazirligida matbuot xizmati rahbariyati yangilandi
Soliyev Doniyor Faxriddinovich Ta’lim va ilm-fan vazirligi Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlov
Prezident qarori bilan tashkil etilgan Psixologiya ilmiy-tadqiqot institutiga rahbar tayinlandi
Ta’lim va ilm-fan vazirining tegishli buyrug‘i bilan Muxtorova Aziza Erkinovna - Ta’lim va ilm-fan vazirligi huzuridagi Psixologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u faoliyati tugatilgan Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi rahbari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Tayinlov
Ta’lim va ilm-fan vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi
Erkinjon Turdimovdan ham avvalroq vazirlik qayta tashkil etilgan kunning o‘zida vazirning komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari tayinlangandi. Biroq, boshqa o‘rinbosarlar tayinlanmagandi. Bugun mazkur tayinlovlar amalga oshirildi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang