Ta’lim vaziri o‘rinbosarlari soni 5 nafarga yetdi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining pedagogik ta’limni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi joriy etildi. U bir vaqtning o‘zida qayta tashkil etilayotgan Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori vazifasini ham bajaradi.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonda nazarda tutilgan.
Ushbu lavozim respublikada pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yagona yondashuv asosida yangi sifat bosqichiga olib chiqish maqsadida tashkil etildi.
Universitet pedagog kadrlar tayyorlash bo‘yicha yetakchi oliy ta’lim tashkiloti sifatida ta’lim dasturlarini xalqaro tajriba asosida transformatsiya qilish jarayonlarini muvofiqlashtiradi.
Shuningdek, respublikadagi jami 13 ta pedagogika oliy ta’lim tashkilotlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimiga o‘tkazilmoqda.
Hozirgi kunda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori Qirg‘izboyev Abdug‘affor Karimjonovich hisoblanadi.
Universitet qayta tashkil etilgach, Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti rektori — pedagogik ta’limni rivojlantirish masalalari bo‘yicha vazir o‘rinbosari lavozimiga yangi nomzod tayinlanadimi, yo‘qmi, hozircha noma’lum.
Ma’lumot uchun: Hozirda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining bir nafar birinchi o‘rinbosari (Karimov Sherzod Abdurasulovich) hamda 3 nafar (Komilov Temurjon Kalandarovich, Boqiyev Farxod Esanovich, Radjabov Sardor Baxtiyorovich) o‘rinbosarlari mavjud.
Izohlar 2
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Ba’zi bolalar 12 yillik ta’limda, ba’zilari 11 yillik ta’limda o‘qiydimi?
Samarqandda noqonuniy diniy ta’lim berish holati aniqlandi
Vazir E’zoza Karimova birinchi marta prezidentga taqdimot qildi
Surxondaryodagi maktablar yana qog‘ozbozlikka qaytyaptimi?
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 2025-yilda qanday ishlar amalga oshirildi?
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar haqidagi sarhisoblarni e’lon qildi.
Yangiliklar
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimi haligacha bo‘sh qolmoqda
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining pedagogik ta’limni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi 4 oydan buyon bo‘sh qolmoqda.
Maqola
Ta’limga oid hujjatlar vazirlik ‘‘seyfidami’’?
Biz ko‘taradigan muammoning ko‘lami keng, lekin buni vazirlik hali-beri his qilmaydiganga o‘xshaydi. Chunki, tizim katta, vazirlik esa muammolar ildizini mutlaqo boshqa joydan qidirib yurgan bo‘lishi ham ehtimoldan holi emas.
Maktabgacha ta'lim
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga parlament so‘rovi yuborildi
Maktabgacha ta’lim agentligi direktori Agrippina Shinga parlament so‘rovi yuborildi
O'zbek
Izohingizni tahrirlang