MMTVning sobiq matbuot kotibi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi axborot xizmati rahbari lavozimiga tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktorining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimiga Rustamova Laylo Suvankulovna tayinlandi.
Tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi bilan kelishilgan holda amalga oshirilgan.
Laylo Rustamova O‘zbekiston Davlat Jahon tillari universitetining Xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan. Jurnalist va PR mutaxassisi. U axborot xizmatlari hamda jamoatchilik bilan aloqalar yo‘nalishida 20 yildan ortiq tajribaga ega.
Faoliyati davomida Xotin-qizlar qo‘mitasi, GM Uzbekistan (hozirgi UzAuto Motors) va Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmatlariga rahbarlik qilgan.Xalq ta’limi vazirligida Sherzod Shermatov hamda Baxtiyor Saidov davrida matbuot kotibi sifatida faoliyat yuritgan.
Keyinroq, faoliyatini Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining jamatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i sifatida davom ettirgan. 2024-yil fevralda ushbu lavozimni ham tark etib, IT Education Association PR bo‘limi boshlig‘i sifatida ishlay boshlagan, hozirga qadar mazkur lavozimda ishlab kelayotgandi.
Comments 0
Please register to comment!
News
Ta’lim tizimida psixologik xizmatni rivojlantirish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi
“Aravani tortolmagan kadr bizning oramizda bo‘lmaydi” — Erkinjon Turdimov
O‘qituvchilar attestatsiyasini o‘tkazuvchi markaz boshqa tashkilotga qo‘shib yuborildi
Ta’lim va ilm-fan vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi
News on the topic
Appointment
Ta’lim va ilm-fan vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi
Erkinjon Turdimovdan ham avvalroq vazirlik qayta tashkil etilgan kunning o‘zida vazirning komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari tayinlangandi. Biroq, boshqa o‘rinbosarlar tayinlanmagandi. Bugun mazkur tayinlovlar amalga oshirildi.
Appointment
Hokim Erkinjon Turdimov Ta’lim va ilm-fan vaziri etib tayinlandi
Surxandaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov yangi tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim va ilm-fan vazirligiga rahbar etib tayinlandi.
Appointment
Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga yangi rahbar tayinlandi
Ayapov Amanjol Tlepovich Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri etib tayinlandi.
Appointment
Toshkent shahar MMTBga yangi rahbar tayinlandi
Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Raximjonov Jamshid Rafiqjon o‘g‘li boshqarma boshlig‘i lavozimiga vaqtincha vazifa bajaruvchi etib tayinlandi.
English
Edit your comment