Top.Mail.Ru
Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari Prezident administratsiyasi va Sport vazirligiga murojaat yo‘lladi

The website texts are translated by Google, errors possible!

Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari Prezident administratsiyasi va Sport vazirligiga murojaat yo‘lladi

13:20 / 20.04.2026 783

2025-yil 17-oktabrda Vazirlar Mahkamasining 652-sonli qarori bilan “Musiqa madaniyati fani va jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining bilim darajasini va kasbiy mahoratini aniqlash hamda ularga sertifikat berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlangandi.


Mazkur qaror bilan umumta’lim maktablarining musiqa madaniyati hamda jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash hamda ularga sertifikat berish tartibi tasdiqlangan.


Yangi tartib mazkur o‘quv yilidan kuchga kirgan bo‘lib, joriy yilda ilk bor musiqa madaniyati fani hamda jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari milliy baholash tizimi orqali sinovdan o‘tkazildi. 


Ammo, jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini baholashda nomuvofiqlik holatlari kuzatilgan. Shu sababli, bir guruh jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari Prezident Administratsiyasi va Sport vazirligiga murojaat yo‘lladi.


Gap shundaki, Vazirlar Mahkamasining 652-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari ikki bosqichli sinov jarayonlarida ishtirok etib, birinchi bosqichda Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovida, ikkinchi bosqichda esa Sport vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan amaliy (ijodiy) imtihonlarda qatnashishlari belgilangan.


Bunda test natijalari xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblananib, amaliy (ijodiy) imtihon hamda test sinovlarining o‘rtacha natijasiga ko‘ra jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga quyidagi darajadagi sertifikatlar berilishi belgilangan:


  • 70 va undan yuqori ball olgan talabgorga — A+ darajali;


  • 65 — 69,9 ball olgan talabgorga — A darajali;


  • 60 — 64,9 ball olgan talabgorga — B+ darajali;


  • 55 — 59,9 ball olgan talabgorga — B darajali;


  • 50 — 54,9 ball olgan talabgorga — C+ darajali;


  • 46 — 49,9 ball olgan talabgorga — C darajali sertifikat beriladi.


Bunda B+ va undan yuqori darajali sertifikat olgan o‘qituvchiga oylik maoshiga 20 foiz miqdorda ustama berililishi ham nazarda tutilgan.


Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari uchun amaliy imtihon ikki turda o‘tkazilib, jismoniy tayyorgarlik darajasi normativi va sport turlarining texnik harakatlarini bajarish sinovlari asosida baholanadi.


Birinchi tur jismoniy tayyorgarlik darajasi normativi sinovi, ikkinchi tur ta’lim dasturiga kiritilgan 8 ta sport turi (yengil atletika, gimnastika, futbol, voleybol, gandbol, basketbol, shaxmat va kurash)ning texnik harakatlarini bajarish sinovidan iborat.


Amaliy imtihonning birinchi turida jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari jismoniy tayyorgarlik darajasi 3 ta normativ asosida 40 ballik tizimda, ikkinchi turda esa ta’lim dasturiga kiritilgan 8 ta sport turi bo‘yicha 5 ta texnik harakatlar hamda baland buyruq ohangiga va bir vaqtda buyruqni to‘liq, to‘g‘ri va sifatli bajarilganligiga ko‘ra 40 ballik, jami 80 ballik tizimda baholanishi belgilangan.


Mazkur nizomning asosiy matn qismida jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilaring jismoniy tayyorgarlik hamda 8 ta sport turi bo‘yicha baholash jarayonida ularga jami 80 ball berilishi nazarda tutilgan bo‘lsa-da, nizomning ilovasidagi ballarda nomuvofiqliklar bor. Ya’ni, nizom ilovasida xatolik ketgan bo‘lishi mumkin. 


Sport vazirligi esa nizomdagi mazkur nomuvofiqlikni inobatga olmagan holda pedagoglarni 60 ballik tizimda baholagan. Natijada esa jismoniy tayyorgarlik hamda 8 ta sport turi bo‘yicha 100 foizlik natija qayd etgan o‘qituvchilar milliy sertifikat ololmagan.


Shundan so‘ng, bir guruh jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari Prezident Administratsiyasi hamda Sport vazirligiga murojaat yo‘lladi. Ular o‘z murojaatida milliy sertifikat sinovi jarayonida, nizom va uning ilovasida jiddiy xatolik va nomuvofiqlik mavjudligi, bu tushunmovchiliklarga izoh berilishini so‘ragan.

“Milliy sertifikat sinovlari jarayonida, avvalo, nizom va uning ilovasida jiddiy xatolik va nomuvofiqlik kuzatilganini ma’lum qilamiz. Nizomning qaror qismida maksimal ball 80 ball deb belgilangan, ammo uning ilova qismida 60 ball ko‘rsatilgan. Amalda esa sinovlar aynan 60 ballik tizim asosida o‘tkazilgan.

Natijada ishtirokchilar nazariy testlar to‘liq 80 ta savolni Rash modeli asosida baholanishini bilgan holda bajardik, ammo amaliy imtihonlarni  60 ballik noto‘g‘ri tizimda topshirishga majbur bo‘ldik.

Bu esa yakuniy hisob-kitobda balans buzilishiga va adolatsiz natijalarga olib keldi. Ma’lumki, nazariy test (80 ta savol) “Rash modeli” asosida baholanishi mumkin, ammo amaliy sinov (jismoniy tayyorgarlik va sport turlari) aniq normativ va texnik mezonlar asosida baholanishi kerak edi.

Amaliy natijalarni umumlashtirib yoki “Rash”ga solib hisoblash esa Nizomga zid hisoblanadi. Nizomga ko‘ra, 40 ball — jismoniy tayyorgarlik (yoshga doir normativlar asosida), 40 ball — sport turlari (texnik bajarilish asosida), har bir ishtirokchi o‘z natijasiga yarasha aniq ball olishi kerak edi.

Jismoniy tayyorgarlik natijalariga qo‘shimcha 20 ball berilishi kerak, deb hisoblaymiz. Chunki, nizomning qaror qismida bu 80 ball deb ko‘rsatilgan. Ammo pedagoglarga 80 ball berilmadi. Natijada yakuniy natijalar ham noto‘g‘ri shakllandi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, qaror va ilova o‘rtasidagi (80 ball / 60 ball) xatolikni rasmiy ravishda tan olib, bartaraf etish, amaliy va nazariy natijalarni to‘g‘ri 80 ballik tizim asosida qayta hisoblash kerak deb hisoblaymiz.

Shuningdek, har bir ishtirokchining, jismoniy tayyorgarlik (40 ball), sport turlari (40 ball) bo‘yicha natijalarini tiklash, jismoniy tayyorgarlik uchun belgilangan qo‘shimcha 20 ballni har bir ishtirokchiga qo‘shib berish hamda yakuniy natijalarni qayta hisoblash kerak deb hisoblaymiz”, - deyiladi murojaatda.

Hozirda mazkur holat yuzasidan vazirlik rasmiy munosabat bildirmadi.  

Comments 10

Show more
Please register to comment!

Author of the article

Ulugbek Pulatov

Ulugbek Pulatov

Project founder

Tegs

  • Physical education

Share