Maktablarda voleybolni rivojlantirish nima beradi?

Voleybol o‘yini o‘z mohiyatiga ko‘ra jamoaviylikni talab qiladi. Har bir o‘yinchi o‘z rolini bajarishi bilan birga jamoaning umumiy g‘alabasiga xizmat qiladi. Bu esa bolalarda o‘zaro ishonch, jamoada ishlash, murosaga kelish va maqsad sari birgalikda harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantiradi.
Amerika psixologlari assotsiatsiyasi (APA) tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, jamoaviy sport bilan shug‘ullanuvchi bolalarda hamkorlik darajasi 30-35% ga yuqori ekanligi aniqlangan (Smith et al., 2018). Shuningdek, sport jamoasida muntazam ishtirok etadigan bolalarda muloqot samaradorligi 40% ga yuqori bo‘lgan (Kremer & Hofmann, 2017).
Bunday o‘quvchilar dars jarayonida fikrini aniq ifoda eta oladi, tengdoshlari bilan ijobiy munosabat o‘rnatadi va o‘qituvchilar bilan samarali aloqa qiladi. Yevropa sport pedagogikasi markazi tomonidan 2020-yilda o‘tkazilgan tadqiqotda aniqlanishicha, jamoaviy sportga qatnashgan bolalarning ijtimoiy moslashuv darajasi 30-45% ga yuqori bo‘lgan.
Bundan tashqari, voleybol sporti orqali bolalar o‘zlarining ichki intizomi, iroda kuchi va o‘zini boshqarish qobiliyatini ham rivojlantiradi. Har bir partiya va o‘yindagi kurash bolalarda yutuq uchun harakat qilish, mag‘lubiyatni qabul qilish, o‘z ustida ishlash va motivatsiyani ushlab turish kabi kuchli psixologik xususiyatlarni shakllantiradi. Bu xususiyatlar esa ularning o‘quvdagi yutuqlari, shaxsiy hayoti va kelajakdagi kasbiy faoliyatida muhim rol o‘ynaydi.
Voleybol mashg‘ulotlari nafaqat o‘quvchilarning individual rivojlanishiga, balki butun sinf va maktab muhitining yaxshilanishiga ham xizmat qiladi. Sinfdagi ijtimoiy iqlimning sog‘lom bo‘lishi, bolalar o‘rtasida do‘stona munosabatlar va ijobiy raqobat muhitining shakllanishi ko‘p hollarda sportdagi jamoaviy faoliyat orqali yuz beradi.
Ayniqsa, darsdan tashqari mashg‘ulotlarda birga harakat qilish, muvaffaqiyat va mag‘lubiyatni baham ko‘rish o‘quvchilar orasida o‘zaro hurmat, birdamlik va ijtimoiy birdamlik tuyg‘usini mustahkamlaydi.
Psixologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, sport jamoalarida faol qatnashgan o‘quvchilarda o‘ziga bo‘lgan ishonch darajasi 1,5 barobar yuqori bo‘ladi (Zinsser et al., 2020). Bu esa ularda liderlik fazilatlari, tashabbus ko‘rsatish va ijtimoiy faollik kabi xususiyatlarning shakllanishiga yordam beradi.
Ayniqsa, voleybolda kapitanning vazifalari – boshqalarga yo‘l ko‘rsatish, ziddiyatlarni bartaraf qilish va jamoani birlashtirish – o‘quvchilarni liderlikka tayyorlaydi.
Maktab rahbarlari va ota-onalar farzandlarining faqat darsda muvaffaqiyat qozonishiga emas, balki ularning ijtimoiy-psixologik barkamolligiga ham e’tibor qaratishlari zarur. Ayni paytda voleybol sporti bu jarayonning eng tabiiy va ijobiy shakllaridan biridir.
Shu sababli maktab rahbariyati sport zallarini jihozlash, malakali murabbiylar jalb qilish va voleybol bo‘yicha to‘garaklar tashkil etishni qo‘llab-quvvatlashi zarur.
Ota-onalar bolalarini faqat fanlarda emas, balki sportda ham faol bo‘lishga undashi, ularning harakatlarini e’tirof etib, ruhiy qo‘llab-quvvatlashi muhim. O‘qituvchilar esa dars jarayonida jamoaviy o‘yinlar orqali bolalar orasida ishtirokchanlik va musobaqa ruhi uyg‘otishlari mumkin.
Zamonaviy ta’lim faqat bilim berish bilan cheklanmasligi, balki bola shaxsini har tomonlama rivojlantirishi zarur. Shuning uchun voleybol sportini maktab tizimiga chuqurroq integratsiya qilish nafaqat sport natijalari, balki psixologik sog‘lom avlod tarbiyasida ham muhim omil hisoblanadi.
Maktab o‘quvchilari o‘rtasida muloqot, ijtimoiy faollik va birdamlikni kuchaytirish uchun voleybol eng tabiiy va qulay vositadir. Bu o‘z navbatida sog‘lom jamiyat poydevorini yaratishda ulkan hissa bo‘lib xizmat qiladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, O‘zbekistonda voleybolchilarni psixologik tayyorgarligini oshirish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazilmoqda, hurmatli ustozlar, agar orangizda voleybol murabbiylari bo‘lsa, iltimos quyidagi so‘rovnomada ishtirok eting!
So‘rovnoma havolasi — https://forms.gle/iSQm9AoL1yWR2t4Z6
Akobr Abdullayev,
Psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), sportpsixolog
Comments 0
Please register to comment!
News

The list of "red" schools has been approved.

Three students drowned in the same day.

Admission to the "Courage Schools," which have been transformed into a militarized school, will begin in June.

It has become known when the test examinations will be held for those who did not participate in the attestation for valid reasons
News on the topic

Is it possible to open a paid club in the school gym?
It is possible to increase paid sports clubs in the sports facilities of educational institutions.

Sports school coaches will be assigned to physical education teachers.
The state of involvement of schoolchildren in sports was criticized.

From now on, Uzbekistan Cup "Volleyball stars" competition will be held annually among schoolchildren
A presidential decree was adopted on this.
Edit your comment