Maktab maslahatchisi lavozimiga talabalarni ishga qabul qilish boshlab yuborildi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabdan tashqari ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (PQ–277-son, 08.09.2025 y.) bilan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida maktab maslahatchisi lavozimini joriy qilinishi belgilangan.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 8-yanvardagi 7-sonli buyrug‘iga ko‘ra maktab maslahatchisi lavozimiga oliy, bakalavr diplomiga ega bo‘lgan nomzodlar qabul qilinib, bunda magistratura yoki ilmiy darajaga ega bo‘lgan nomzodlarga ustunlik berilishi nazarda tutilgan.
Ammo, Respublika “Kelajak” markazi bosh mutaxassisi Nodirbek Murodovning xabar berishicha, ayni vaqtda oliy ta’lim tashkilotlarining 4-bosqich (kunduzgi) hamda sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan 5-bosqich talabalari ham maktab maslahatchisi lavozimiga ishga qabul qilinmoqda.
Bunda talabalar diplom o‘rniga o‘qish joyidan elektron platforma orqali olingan ma’lumotnomani yuklashi talab qilinadi. Ya’ni, xabarda aytilishicha, 4-bosqich (kunduzgi) hamda sirtiq ta’lim shaklida tahsil olayotgan 5-bosqich talabalari oliygohda o‘qiyotganlik haqidagi ma’lumotnoma orqali maktab maslahatchisi lavozimiga da’vogarlik qilishi mumkinligi aytilgan.
“Kelajak” markazi rasmiylari talabalarni maktab maslahatchisi lavozimiga ishga qabul qilish bo‘yicha ko‘rsatma bergan bo‘lsa-da, ammo bu Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 8-yanvardagi 7-sonli buyrug‘iga mutlaqo zid holat hisoblanadi.
Chunki, mazkur buyruqqa ko‘ra maktab maslahatchisi lavozimiga oliy, bakalavr diplomiga ega bo‘lgan nomzodlar qabul qilinishi belgilangan. Hozirda esa maktab maslahatchisi lavozimiga malaka talablarni o‘zgartirish bo‘yicha vazirlik buyrug‘i imzolanmagan.
Bu norma ayrim huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin
Agar “Kelajak” markazi vazirlikning buyrug‘iga zid ravishda talabalarni maktab maslahatchisi lavozimiga ishga qabul qilishda davom etsa, bu holat keyinchalik turli xil huquqiy oqibatlarni ham keltirib chiqarishi mumkin.
Birinchidan, normativ hujjatlarga zid ravishda ishga qabul qilingan shaxslarning mehnat shartnomalari haqiqiy emas deb topilishi ehtimoli mavjud. Bu esa keyinchalik mehnat nizolariga sabab bo‘lishi, ish beruvchi va xodim o‘rtasida huquqiy bahslarni yuzaga keltirishi mumkin.
Ikkinchidan, bunday lavozimlarga noqonuniy tarzda qabul qilingan xodimlarga to‘langan ish haqi va boshqa to‘lovlar moliyaviy tekshiruvlar jarayonida noqonuniy xarajat sifatida baholanishi mumkin.
Natijada mas’ul mansabdor shaxslarga nisbatan moliyaviy jarimalar qo‘llanishi ehtimoli mavjud.
Uchinchidan, tenglik va ochiqlik tamoyillari buziladi. Chunki qonuniy talablarga javob beradigan, diplomga ega nomzodlar o‘rniga hali o‘qishni tugatmagan talabalar ishga olinishi tanlov jarayonining shaffofligiga putur yetkazadi.
Shu sababli, tegishli tashkilotlar tomonidan mazkur masalaga aniqlik kiritilishi, mavjud ziddiyatlar bartaraf etilishi va yagona, huquqiy asoslangan yondashuv ishlab chiqilishi zarur.
Comments 12
Please register to comment!
News
O‘quvchiga zo‘ravonlik qilgan o‘qituvchilar 2,2 mln so‘mgacha jarimaga tortilishi va ishdan bo‘shatilishi ham mumkin
Officials of the District Education Department Found to Have Embezzled 1 Billion UZS in Budget Funds
Court Verdict Issued Against Individuals Who Organized an Illegal Scheme to Help Teachers Pass Attestation
2031-yilgacha barcha maktab darsliklari yangi alifboga o‘tkaziladi — vazir o‘rinbosari
News on the topic
Вы спрашивали
Ministry Issues Official Clarification on Assigning Teaching Hours to School Advisers
Can employees working in the newly introduced position of school adviser be assigned teaching hours in schools? The Ministry of Preschool and School Education has issued an official clarification on this matter.
Вы спрашивали
Tavsiyanoma olgan maktab maslahatchilari nega ishga kirolmayapti? Qanday yechimlar bor?
Ayni vaqtda Tanlov komissiyasining maxsus tavsiyanomasini olgan talabgorlar maktab maslahatchisi sifatida ish boshlashlari kerak edi. Ammo, kichik muammo kelib chiqdi. Ya’ni, maktab maslahatchisi lavozimi uchun o‘tkazilgan tanlov pedagog va rahbar xodimlarning mehnat ta’tili vaqtiga to‘g‘ri kelib qoldi.
News
7 695 ta maktab uchun maktab maslahatchilari saralab olindi
Joriy yilning 22-aprel sanasidan boshlab 7 695 ta maktablardagi vakant maslahatchi lavozimi uchun tanlovga start berilgandi.
News
O‘quvchiga nisbatan axloqsiz harakat qilgan maktab maslahatchisi ishdan olinadi — "Kelajak" markazi
Avvalroq Sirdaryoda 16 yoshli o‘quvchi qizga nisbatan maktab maslahatchisi tomonidan shahvoniy mazmundagi xabarlar yuborilgani haqida xabar bergandik.
English
Edit your comment