Vazir ustamasi bo‘yicha apellyatsiya yuborish imkoniyati cheklab qo‘yildimi?
Xabaringiz bor, ayni vaqtda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan ustama to‘lanadigan pedagoglarni aniqlash uchun saralash sinovlarining 2-bosqichi — kasbiy mahoratni baholash bo‘yicha suhbat jarayonlari o‘tkazilmoqda. Jarayon joriy yilning 2–6-iyun kunlari belgilangan reja-grafikka muvofiq hududiy Pedagogik mahorat markazlarida o‘tkazilishi nazarda tutilgan.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ishlab chiqqan tartibga ko‘ra, agar pedagoglar suhbat natijalaridan norozi bo‘lsa, natijalar e’lon qilingan vaqtdan boshlab 48 soat ichida pedagog.uzedu.uz platformasidagi shaxsiy kabinetlari orqali murojaat qilishlari mumkin.
Bir guruh pedagoglarning xalqtaliminfo.uz'ga ma’lum qilishicha, joriy yil 2-iyundan boshlab suhbat jarayonlari boshlangan bo‘lsa-da, suhbat natijalaridan norozi pedagoglar uchun apellyatsiya shikoyati yuborish imkoniyati cheklab qo‘yilgan.
Ayni vaqtda apellyatsiya yuborish muddatining dastlabki 24 soati yakunlandi. Agar vazirlik qolgan 24 soat davomida ham nomzodlarga apellyatsiya yuborish imkoniyatini bermasa, belgilangan muddat tugashi oqibatida yuborilgan murojaatlar ko‘rib chiqilmay qolishi mumkin.
Aslida, nomzodlar pedagog.uzedu.uz platformasidagi shaxsiy sahifasining “Apellyatsiyalarim” bo‘limi orqali “Apellyatsiya yuborish” tugmasini bosib, kerakli ma’lumotlarni kiritgan holda murojaat yuborishi kerak edi. Ammo hozirgi vaqtda ushbu xizmat yo‘lga qo‘yilmaganligi aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Yil o‘qituvchisi” tanlovining ikkinchi bosqich natijalari e’lon qilingan vaqtda ham vazirlik pedagoglarga apellyatsiya shikoyati yuborish imkoniyatini cheklab qo‘ygandi. Keyinroq, xalqtaliminfo.uz’da e’lon qilingan tanqidiy maqoladan so‘nggina ushbu xizmat yo‘lga qo‘yilgandi.
Comments 5
Please register to comment!
News
2031-yilgacha barcha maktab darsliklari yangi alifboga o‘tkaziladi — vazir o‘rinbosari
Tashkent is studying the need for school buses
School Principal Jailed Over Distribution of Teaching Hours
New extracurricular clubs will be established in schools, and participation will be free of charge
News on the topic
Вы спрашивали
Ish joyi o‘zgarsa, vazir ustamasi saqlanib qoladimi?
Ish joyi o‘zgargan pedagog kadrlar haqida o‘z vaqtida yuqori turuvchi tashkilotga yozma xabar bermaganligi uchun tegishli tashkilot rahbari javobgar hisoblanadi.
News
Bu yil 1696 nafar o‘qituvchiga qariyb 7 mln 500 ming so‘mlik vazir ustamasi beriladigan bo‘ldi
Vazir jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama to‘lanadigan 1 696 nafar malakali pedagog kadrlar ro‘yxati tasdiqlandi. Vazir ustamasi uchun ajratilgan 204 ta joy esa bo‘sh qoldi.
Вы спрашивали
O‘qituvchilarning vazir ustamasi pullari kamaytirildimi?
Vazir jamg‘armasi hisobidan ustama olib kelayotgan bir guruh o‘qituvchilardan xalqtaliminfo.uz’ga murojaat kelib tushdi. Xalqtaliminfo.uz holatni o‘rgandi.
News
This year, 1000 teachers will receive a ministerial bonus.
By order of the Minister of Preschool and School Education No. 174 of May 30 of this year, the list of qualified teaching staff who will be paid a monthly allowance for 2025 was approved.
English
Edit your comment