Ish joyi o‘zgarsa, vazir ustamasi saqlanib qoladimi?
Savol
MMTV Vazir jamg‘armasi ustamasi tanlovining 1 va 2-bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, hududiy kvota bo‘yicha g‘oliblar ro‘yxatiga kirdim. Ushbu o‘quv yilidan boshlab ish joyimni MMTV huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi hududiy ixtisoslashtirilgan maktabga ko‘chirmoqdaman.
Savolim shuki, Agentlik maktabiga (MMTV tizimi ichida) o‘tsam, ustama olish huquqim saqlanib qoladimi? MMTV va Agentlik o‘rtasida ishga o‘tish jarayonida ustamam bekor bo‘lib ketmasligi uchun hozir aynan qanday qadamlarni tashlashim kerak?
Javob
Maktabgacha va maktab ta’limi tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga vazir jamg‘armasi hisobidan ustama tayinlash tartibi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining jamg‘armasi to‘g‘risida”gi nizom bilan tartibga solinadi.
Nizomga muvofiq, saralash natijalariga ko‘ra Jamg‘arma hisobidan har oylik ustama olishga tavsiya etilgan umumta’lim tashkilotlarining malakali pedagog kadrlariga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida ustama tayinlanadi.
Har oylik ustama belgilangan kundan boshlab 9 oy davomida to‘lab beriladi. Bunda vazirlik tizimida xodimning ish joyi, lavozimi o‘zgargan holda ham uning har oylik ustamasi saqlab qolinadi va belgilangan muddatga qadar to‘lab beriladi.
Buning uchun maktab direktorlari, tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshliqlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari boshliqlari maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi boshqa ta’lim tashkilotiga ishga o‘tgan malakali pedagog kadrlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni 5 ish kuni ichida belgilangan tartibda yuqori turuvchi tashkilotga yozma ravishda taqdim etishi kerak bo‘ladi.
Ish joyi o‘zgargan pedagog kadrlar haqida o‘z vaqtida yuqori turuvchi tashkilotga yozma xabar bermaganligi uchun tegishli tashkilot rahbari javobgar hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, Agentlik tasarrufidagi ixtisoslashtirilgan maktabga o‘tishingiz ustama olish huquqingizni bekor qilmaydi. Muhimi, ish joyingizdagi o‘zgarish tegishli tartibda rasmiylashtirilib, bu haqdagi ma’lumotlar o‘z vaqtida yuqori turuvchi tashkilotga yetkazilishi kerak.
Shu sababli, yangi ish joyiga o‘tish jarayonida ustama bo‘yicha ma’lumotlaringiz tegishli joyga o‘z vaqtida yetib borishini nazorat olish maqsadga muvofiq.
Comments 2
Please register to comment!
News
2031-yilgacha barcha maktab darsliklari yangi alifboga o‘tkaziladi — vazir o‘rinbosari
Tashkent is studying the need for school buses
School Principal Jailed Over Distribution of Teaching Hours
New extracurricular clubs will be established in schools, and participation will be free of charge
News on the topic
News
Bu yil 1696 nafar o‘qituvchiga qariyb 7 mln 500 ming so‘mlik vazir ustamasi beriladigan bo‘ldi
Vazir jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama to‘lanadigan 1 696 nafar malakali pedagog kadrlar ro‘yxati tasdiqlandi. Vazir ustamasi uchun ajratilgan 204 ta joy esa bo‘sh qoldi.
News
Vazir ustamasi bo‘yicha apellyatsiya yuborish imkoniyati cheklab qo‘yildimi?
Apellyatsiya yuborish muddatining dastlabki 24 soati yakunlandi. Agar vazirlik qolgan 24 soat davomida ham nomzodlarga apellyatsiya yuborish imkoniyatini bermasa, belgilangan muddat tugashi oqibatida yuborilgan murojaatlar ko‘rib chiqilmay qolishi mumkin.
Вы спрашивали
O‘qituvchilarning vazir ustamasi pullari kamaytirildimi?
Vazir jamg‘armasi hisobidan ustama olib kelayotgan bir guruh o‘qituvchilardan xalqtaliminfo.uz’ga murojaat kelib tushdi. Xalqtaliminfo.uz holatni o‘rgandi.
News
This year, 1000 teachers will receive a ministerial bonus.
By order of the Minister of Preschool and School Education No. 174 of May 30 of this year, the list of qualified teaching staff who will be paid a monthly allowance for 2025 was approved.
English
Edit your comment