Vazirlik xususiy ta’lim tashkilotlariga kameralar o‘rnatish majburiy ekanligini eslatdi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi nodavlat ta’lim tashkilotlarini ichki va tashqi kameralar bilan ta’minlash majburiy etib belgilanganligi, belgilangan litsenziya talablari va shartlarining buzilishi litsenziyani bekor qilinishiga asos bo‘lishini eslatdi.
Ma’lum qilinishicha, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-son qaroriga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi yagona Nizomga tegishli o‘zgartirishlar kiritilgan.
Unga ko‘ra 1-iyuldan boshlab — nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatiladigan bino va xonalar onlayn translyatsiya qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan, ovoz yozish moslamalik ichki va tashqi kameralar bilan ta’minlanishi majburiy talab sifatida belgilangan. Bunda videoyozuv qaydlari kamida olti oygacha saqlab boriladi.
Vazirlikning qayd etishicha, hozirgi kunda vazirlik tomonidan bugungi kunga qadar faoliyat yuritib kelayotgan va yangi ish boshlayotgan nodavlat ta’lim tashkilotlarida mazkur qonunchilik talablarini bajarish hamda uning uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadida zarur choralar ko‘rilmoqda.
Shuningdek, vazirlik “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra, belgilangan litsenziya talablari va shartlarining buzilishi litsenziyani bekor qilinishiga asos bo‘lishini eslatib o‘tdi.
Comments 0
Please register to comment!
News
2031-yilgacha barcha maktab darsliklari yangi alifboga o‘tkaziladi — vazir o‘rinbosari
Tashkent is studying the need for school buses
School Principal Jailed Over Distribution of Teaching Hours
New extracurricular clubs will be established in schools, and participation will be free of charge
News on the topic
News
From now on, the attendance of students in grades 10-11 in Tashkent will be monitored by cameras.
By implementing the "Smart School" electronic program through special cameras, it will be possible to monitor high school students' attendance, their interest in subjects, and the quality of education.
Вы спрашивали
Can parents watch the teacher's lesson in the camera?
Dars jarayoniga aralashish mumkin emas
English
Edit your comment