Nogironligi bo‘lgan pedagoglarga attestatsiya va milliy sertifikat imtihonlarida qo‘shimcha vaqt beriladi
Avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 4-avgustdagi PQ-292-son qarori imzolangani hamda mazkur hujjat bilan alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi belgilanganligi haqida xabar bergandik.
Qarorda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, ularning ta’lim jarayonida teng sharoitlarda ishtirok etishini ta’minlash hamda inklyuziv ta’limni rivojlantirishga qaratilgan bir qator vazifalar belgilangan. Mazkur yo‘nalishdagi muhim yangiliklardan biri nogironligi bo‘lgan abituriyentlar va pedagoglar uchun imtihon jarayonlarida qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilishidir.
Unga ko‘ra, 2027/2028-o‘quv yilidan boshlab nogironligi bo‘lgan pedagoglarga attestatsiya va milliy sertifikat imtihonlarini topshirishda belgilangan vaqt me’yorining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha vaqt olish imkoniyati beriladi.
Bundan tashqari, qaror bilan imtihon materiallarini nogironligi bo‘lgan shaxslarning ehtiyojlariga mos shakllarda taqdim etish ham nazarda tutilmoqda. Xususan, imtihon materiallari Brayl alifbosida, audio va elektron formatlarda taqdim etiladi.
Mazkur tartib nogironligi bo‘lgan abituriyentlarga tatbiq etiladi. Ya'ni, ular ham oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida belgilangan vaqt me’yorining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha vaqtga ega bo‘ladi.
Comments 0
Please register to comment!
News
Kuzgi attestatsiya o‘tkaziladigan sana va manzillar aniq bo‘ldi
Prezident bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini joriy etish haqidagi qonunni imzoladi
Ta’lim uchun davlat xarajatlari besh yilda ikki barobardan ziyod oshgan
Prezident robototexnika bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan yoshlarni mukofotladi
News on the topic
Attestation
Kuzgi attestatsiya o‘tkaziladigan sana va manzillar aniq bo‘ldi
Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagoglari uchun 2026-yil avgust–dekabr oylarida o‘tkaziladigan malaka toifasi sinovlarining sanalari hamda test sinovlari o‘tkaziladigan manzillar belgilandi.
Do you know?
Kuzgi pedagog kadrlar attestatsiyasi qay tartibda o‘tkaziladi?
Pedagoglar uchun attestatsiya jarayoni qanday tashkil etiladi? Test sinovida nechta va qanday topshiriqlar beriladi, har bir bosqichda pedagoglar qanday baholanadi, testga nimalarni olib kirish mumkin emas, test natijalaridan norozi bo‘lgan pedagog qanday tartibda apellyatsiya berishi mumkin? Quyida pedagoglar uchun eng muhim jihatlarni tushuntiramiz.
Do you know?
Attestatsiyaga ariza yuborish yakunlanishiga 5 kun qoldi
Xabaringiz bor, 2026-yil 1-avgustdan malaka test sinovlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish va murojaat yuborish boshlangan bo‘lib, murojaat yuborish 2026-yil 1-oktabrga qadar davom etadi.
News
Vazirlik attestatsiya testlarini yana pullashni boshladimi?
Ayni paytda esa sinov.uz platformasida attestatsiyaga tayyorgarlik uchun mo‘ljallangan testlar yana 25 ming so‘mdan sotuvga qo‘yilgan. Platformada turli fanlar bo‘yicha attestatsiyaga tayyorgarlik testlari mavjud.
English
Edit your comment