O‘zbekiston hindistonlik talabalarni qabul qilishga taqiq qo‘ydimi?
O‘zbekiston oliygohlari hindistonliklar uchun tobora muhim bozorga aylanib boryapti. Bugungi kunda O‘zbekiston oliygohlarida 50 dan ortiq davlatlardan kelgan 24 647 nafar xorijiy talaba tahsil olayotgan bo‘lsa, ularning 13 060 nafari (53 foizi)ni Hindiston fuqarolari tashkil qiladi.
Ya’ni O‘zbekistonda tahsil olayotgan har ikki xorijiy talabaning bittasi hindistonlik. Masalan, ikki yil ichida ularning soni qariyb ikki baravarga oshgan. (2024/2025-o‘quv yili boshida ularning soni 6 502 nafarni tashkil qilgan.)
Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, xorijiy talabalar orasida eng ommabop yo‘nalish tibbiyot bo‘lib, ushbu yo‘nalishda 16 476 nafar xorijiy talaba yoki xorijiy talabalar kontingentining qariyb 67 foizini qamrab olgan.
Eng ko‘p xorijiy talabalar Toshkent davlat tibbiyot universitetida – 4 155 nafar, Samarqand davlat tibbiyot universitetida – 4 153 nafar, TIQXMMI Milliy tadqiqot universitetida – 2 886 nafar, Buxoro davlat tibbiyot institutida – 2 178 nafar hamda O‘zbekiston Milliy universitetida – 1 917 nafar.
Son bo‘yicha TOP-10 talikka, shuningdek, Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, Andijon davlat tibbiyot instituti, Urganch davlat tibbiyot instituti, Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ham kiradi.
Bu raqamlar oddiy demografik ko‘rsatkichlar emas. Minglab xorijiy talabalar O‘zbekistonda bir necha yil davomida, yashaydi, kontrakt to‘laydi, ovqatlanadi, transport va boshqa xizmatlardan foydalanadi. Demak, ularning mamlakatga kelishi iqtisodiy jihatdan ham muhim.
Hozirda O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida xorijiy talabalar uchun kontrakt miqdori, ta’lim yo‘nalishi va oliygohga qarab, odatda 3000–5000 AQSh dollari atrofida belgilanmoqda. Ayrim universitetlarda esa bu summa bundan ham yuqori.
Masalan, Buxoro davlat tibbiyot institutida xalqaro talabalar uchun yillik kontrakt 3000-5000 AQSh dollar etib belgilangan bo‘lsa, Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida esa xorijiy talabalar uchun bakalavriat kontrakti o‘rtacha 3500 dollarni tashkil etadi.
Shundan kelib chiqib, ochiq manbalarda e’lon qilingan boshqa oliygohlar kontrakt miqdorlari asosida hisoblaganda, O‘zbekistonda tahsil olayotgan 13 mingdan ortiq hindistonlik talabaning bir yillik kontrakt to‘lovlari o‘rtacha 52,2 million AQSh dollari atrofida bo‘lishi mumkin.
Bu taxminiy hisob-kitob bo‘lib, barcha talabalar aynan bir xil miqdorda kontrakt to‘laydi, degani emas. Biroq, hindistonlik talabalarning O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri faqat universitetga to‘lanadigan kontrakt bilan cheklanmaydi. Ya’ni, bunga turar joy, ovqatlanish, transport va boshqa kundalik xarajatlarni ham qo‘shadigan bo‘lsak, Hindistonlik talabalar O‘zbekiston uchun yaxshigina iqtisodiy foyda keltirayotganini sezish qiyin emas.
Oliygohlarga qabuldagi sun’iy to‘siqlar
Xalqtaliminfo.uz manbasining ma’lum qilishicha, ayni vaqtda hindistonlik talabalarning O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalariga qabul qilinishiga cheklovlar qo‘yilgan. Mazkur cheklov nima sababdan, qanday maqsadda qo‘yilgani hozircha noma’lum.
Lekin xalqtaliminfo.uz bilan subhatlashgan ayrim murojaatchilarning aytishicha, bu cheklovlar hindistonlik talabalar bilan bog‘liq ayrim holatlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Ma’lumki, O‘zbekistonda so‘nggi vaqtlarda hindistonlik talabalar bilan bog‘liq bo‘lgan bir nechta holatlar kuzatildi. Ehtimol, mana shu voqealar fonida hindistonlik talabalar qabuli bo‘yicha cheklov qo‘yilgan bo‘lishi ham ehtimoldan holi emas. Xo‘sh, hindistonlik talabalar bilan bog‘liq nimalar sodir bo‘lgandi?
Toshkent tibbiyot akademiyasi haqida hindistonlik talaba e’tirozlari
2025-yil aprelida Toshkent tibbiyot akademiyasida o‘qiyotgan hindistonlik talabaning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan murojaati keng muhokamalarga sabab bo‘lgandi.
U tibbiyot akademiyasidagi ta’lim sifati, o‘qituvchilarning ingliz tilini yetarli darajada bilmasligi, darslarning tashkil etilishi, imtihonlar va hindistonlik talabalar yotoqxonasidagi sharoitlarga e’tiroz bildirgan.
Murojaat ortidan Oliy ta’lim vaziri Toshkent tibbiyot akademiyasiga borib, hindistonlik talabalar bilan uchrashgan va xalqaro talabalar uchun sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha topshiriqlar bergandi.
Buxoroda hindistonlik talabaning o‘z kursdoshi tomonidan o‘ldirilishi
2026-yil iyul oyida Buxoroda ikki hindistonlik tibbiyot talabasi o‘rtasida janjal yuzaga kelgan. Xabarlarga ko‘ra, 23 yoshli talaba kursdoshi bo‘lgan 22 yoshli qizning boshiga noutbuk bilan zarba bergan. Qiz shifoxonaga yotqizilgan, keyinchalik ichki qon ketishi oqibatida vafot etgan.
Hindiston talabalarga O‘zbekistondagi tibbiy oliygohda o‘qimaslikni tavsiya qilishi
2025-yilning iyul oyida Hindistonda talabalarga Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filialida ta’lim olmaslikni qat’iy tavsiya qilgandi. O‘shanda bu muassasa Hindistonning tibbiy ta’lim standartlariga javob bermasligi ma’lum qilingandi.
Shu voqealar ortidan O‘zbekistonda hindistonlik talabalarni qabul qilish bilan bog‘liq muammolar kelib chiqa boshlagan. Ayni paytda ba’zi oliygohlarda hindistonlik talabalarni qabul qilishga cheklovlar qo‘yilgani haqida ma’lumotlar mavjud. Biroq bu taqiqlar aynan nima sababdan yoki qaysi vazirlik, idora tomonidan qo‘yilgani haqida hozircha aniq ma’lumotlar yo‘q.
Agar hindistonlik talabalarni O‘zbekiston oliygohlariga qabul qilishga qo‘yilayotgan cheklovlar o‘z tasdig‘ini topsa, bu qaror O‘zbekiston uchun yaxshi oqibatlarga olib kelmasligi aniq. Bunday cheklovlar O‘zbekiston uchun ham iqtisodiy, ham xalqaro imij tomonlama salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
O‘ylaymizki, mazkur masalaga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rasmiy izoh beradi.
Comments 0
Please register to comment!
News
2031-yilgacha barcha maktab darsliklari yangi alifboga o‘tkaziladi — vazir o‘rinbosari
Tashkent is studying the need for school buses
School Principal Jailed Over Distribution of Teaching Hours
New extracurricular clubs will be established in schools, and participation will be free of charge
News on the topic
Higher education
Oliygoh bitiruvchilarining bandlik darajasi haqidagi tahlillar e’lon qilindi
249 432 nafar bitiruvchining natijalari respublika miqyosidagi 170 ta oliy taʼlim tashkiloti boʻyicha bo‘yicha tahlil qilingan. Tahlil doirasida bitiruvchilarning mehnat bozoriga chiqishi uchun qancha vaqt talab etilishi, ularning qaysi qismi barqaror bandligini saqlab qolishi va oʻrtacha rasmiy daromadlari qanday ekani oʻrganilgan.
News
Bugundan xususiy universitetlarga qabul jarayonlari boshlandi
Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga talabalikka qabul qilish har bir universitetning qabul komissiyasi tomonidan belgilangan tartib asosida amalga oshiriladi.
Higher education
Talabalar tibbiyotni haqiqiy murdalar orqali o‘rganmoqdami?
Bilamizki, tibbiyotda ta’lim uzoq davom etadi — diplom olish bilan hammasi tugamaydi. Undan keyin amaliyotdan o‘tish va mustaqil ishlash uchun ruxsat olish talab etiladi. Ko‘plab talabalar hali o‘qishni tugatmasdan turib ham ishga joylashmoqda.
Higher education
Oliygohlarda talabalar bilimini baholashning yangi tartibi joriy etilishi rejalashtirilmoqda
Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga oliy ta’lim tashkilotlarida talabalar bilimini baholash va nazorat qilish tartibini takomillashtirishga qaratilgan Hukumat qarori loyihasi joylashtirildi.
English
Edit your comment