1-oktaybrdan xususiy universitetlarga qabul yopiladi
O‘zbekistondagi nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari yakunlanishiga sanoqli kunlar qoldi.
Amaldagi tartibga ko‘ra, oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriati va magistraturasiga qabul bir o‘quv yilida bir marta — iyun–sentyabr oylari oralig‘ida amalga oshiriladi.
Shu sababli, nodavlat oliygohlarda 30-sentyabr 2026/2027-o‘quv yili uchun qabulning so‘nggi kuni hisoblanadi. 1-oktyabrdan boshlab yangi o‘quv yili uchun abituriyentlarni talabalikka qabul qilish to‘xtatiladi.
Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 403-son qarorida nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari uchun yana bir muhim talab belgilangan.
Unga ko‘ra, nodavlat oliygohlar o‘qishga qabul qilingan shaxslar to‘g‘risidagi buyruqlarni yangi o‘quv yilining 1-oktyabridan kechiktirmasdan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ta’lim jarayonlarini boshqarish yagona axborot tizimi — HEMISda ro‘yxatdan o‘tkazishi shart.
Ya’ni, abituriyentning universitet bilan shartnoma tuzganining o‘zi yetarli emas. Talabalikka qabul qilingan shaxs haqidagi tegishli buyruq belgilangan muddatda HEMIS tizimida ham ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.
Shuningdek, 2025-yildan boshlab har bir nodavlat oliy ta’lim tashkiloti uchun qabul parametrining eng yuqori ko‘rsatkichi belgilanadi.
Mazkur ko‘rsatkich universitetning moddiy-texnik bazasi, pedagogik salohiyati hamda o‘quv-dasturiy ta’minotidan kelib chiqib Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilanadi. Qabul boshlanganidan keyin ushbu parametrni o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, 2026/2027-o‘quv yili uchun nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga qabul jarayonlari joriy yilning 1-iyunidan boshlangan edi. Oliy ta’lim olishni rejalashtirayotgan abituriyentlar uchun muqobil imkoniyatlar ham mavjud.
Profi Universityda 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul hozicha ochiq. Universitetga abituriyentlar Milliy sertifikat yoki “DTM” imtihonida olgan natijalari asosida o‘qishga qabul qilinishi mumkin.
HUJJAT TOPSHIRISH
Biroq, Profi University oliygohida ham qabul 2026-yil 1-oktyabr kuni yakunlanadi. Shu sanadan so‘ng universitetga abituriyentlar qabul qilinmaydi.
Comments 0
Please register to comment!
News
1-oktaybrdan xususiy universitetlarga qabul yopiladi
Bolalarga nisbatan jinsiy zo‘avonlik uchun umrbod qamoq jazosi belgilanmoqda
Bog‘cha tarbiyalanuvchi hasharotlarga qarshi dori ichib qo‘yishi oqibatida vafot etdi
Yangi baholashga o'tgan 601 ta maktabga joriy o'quv yili uchun ustamalar belgilandi
News on the topic
Do you know?
Information in Uzbek only
Information in Uzbek only
Higher education
O‘zbekiston hindistonlik talabalarni qabul qilishga taqiq qo‘ydimi?
Ayni vaqtda hindistonlik talabalarning O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalariga qabul qilinishiga cheklovlar qo‘yilgan. Mazkur cheklov nima sababdan, qanday maqsadda qo‘yilgani hozircha noma’lum.
Higher education
Oliygoh bitiruvchilarining bandlik darajasi haqidagi tahlillar e’lon qilindi
249 432 nafar bitiruvchining natijalari respublika miqyosidagi 170 ta oliy taʼlim tashkiloti boʻyicha bo‘yicha tahlil qilingan. Tahlil doirasida bitiruvchilarning mehnat bozoriga chiqishi uchun qancha vaqt talab etilishi, ularning qaysi qismi barqaror bandligini saqlab qolishi va oʻrtacha rasmiy daromadlari qanday ekani oʻrganilgan.
News
Bugundan xususiy universitetlarga qabul jarayonlari boshlandi
Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga talabalikka qabul qilish har bir universitetning qabul komissiyasi tomonidan belgilangan tartib asosida amalga oshiriladi.
English
Edit your comment