O‘qituvchi dekretga chiqishdan oldin chet elga ketsa, ish joyi va dekret puli saqlanadimi?
Savol
Ayolim o‘qituvchi. Hozirda homilador, men esa xorijda ishlayman. Oilamizga xorijga borish uchun viza chiqdi. Biroq homiladorlik muddati 7 oylikdan oshgach, samolyotda uchish cheklanadi, shu sababli, ayolim imkon qadar tezroq xorijga kelishi zarur.
Ayolim ish joyidan 15 kunlik ish haqi saqlanmaydigan ta’til olib, xorijga uchib ketsa, keyinchalik uni belgilangan tartibda homiladorlik va tug‘ish ta’tiliga chiqarish mumkinmi?
Ushbu ta’til muddati tugagach, bola ikki yoshga to‘lguniga qadar bola parvarishi ta’tiliga chiqishi mumkinmi? Bunda ayolim xorijga ketgan taqdirda, uning ish joyi saqlanib qoladimi? Homiladorlik va tug‘ish nafaqasini (dekret pulini) olish huquqi ham saqlanib qoladimi?
Javob
Mehnat kodeksi 404-moddasiga ko‘ra, ayolga tug‘ruqqacha 70 kalendar kun hamda tug‘ruqdan keyin 56 kalendar kun (tug‘ish qiyin kechgan yoxud ikki yoki undan ortiq bola tug‘ilgan taqdirda 70 kalendar kun) homiladorlik va tug‘ish ta’tili berilib, qonunchilikda belgilangan, lekin o‘rtacha oylik ish haqining 75 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda nafaqa to‘lanadi.
Shuningdek, xodimga homiladorlikning 30-haftasidan boshlab bir yo‘la 126 kalendar kunlik homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi va davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa to‘lanadi.
Tug‘ish qiyin kechgan yoki ikki va undan ortiq bola tug‘ilgan hollarda homiladorlik va tug‘ish ta’tilini uzaytirish uchun tug‘ruq muassasasi tomonidan yana 14 kalendar kuniga mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.
Shuningdek, Mehnat kodeksining 405-moddasiga ko‘ra, ayollarga homiladorlik va tug‘ish ta’tili tugaganidan keyin, ayolning xohishiga ko‘ra, unga bolasi ikki yoshga to‘lguniga qadar bolani parvarishlash ta’tili beriladi.
Shuni ham unutmaslik kerakki, xodim istagan vaqtida bolani parvarishlash ta’tilidan qaytish huquqiga ega. Agar xodim homiladorlik va tug‘ish ta’tili tugaganidan so‘ng ishga qaytadigan bo‘lsa, odatdagidek ish faoliyatini davom ettiraveradi.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 796-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi doirasida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik hamda homiladorlik va tug‘ish nafaqalarini tayinlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq, mehnat munosabatlari saqlangan holda ish haqi saqlanmaydigan ta’tilga chiqish homiladorlik va tug‘ish nafaqasini tayinlash uchun talab etiladigan oxirgi olti oylik uzluksiz sug‘urta staji uzilishiga sabab bo‘lmaydi.
Ya’ni, sodda qilib aytganda ish haqi saqlanmagan ta’til yoki mehnatga layoqatsizlik davrida xodimning ish staji uzilmaydi, ya’ni uzluksiz 6 oy stajga ta’sir qilmaydi hamda dekret puli to‘lanadi. Shu sababli, ayolingiz maktab rahbariyati bilan kelishib, 15 kunlik ish haqi saqlanmaydigan ta’tilni qonuniy rasmiylashtirgan holda Finlyandiyaga ketishi mumkin.
Homiladorlik va tug‘ish ta’tili elektron mehnatga layoqatsizlik varaqasi asosida rasmiylashtiriladi, nafaqa esa belgilangan tartibda tayinlanadi. Ta’til muddati tugagach, ayolingiz bola parvarishi ta’tiliga chiqishi mumkin. Demak, xodimning 15 kunlik ish haqi saqlanmaydigan ta’tilga chiqishi uni dekret pulini olish huquqidan mahrum qilmaydi va ish joyi ham saqlanib qoladi.
Ma’lumot uchun: Homiladorlik va tug‘ish nafaqasini olish uchun sug‘urtalangan shaxsda kamida 10 oylik sug‘urta staji mavjud bo‘lishi, shuningdek, sug‘urta hodisasi yuzaga kelgan oydan oldingi oxirgi 6 oy davomida uzluksiz sug‘urta staji bo‘lishi talab etiladi.
Comments 0
Please register to comment!
News
Kuzgi attestatsiya o‘tkaziladigan sana va manzillar aniq bo‘ldi
Prezident bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini joriy etish haqidagi qonunni imzoladi
Ta’lim uchun davlat xarajatlari besh yilda ikki barobardan ziyod oshgan
Prezident robototexnika bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan yoshlarni mukofotladi
News on the topic
Вы спрашивали
How are teachers' lessons allocated while on leave?
There are two ways to do this
Вы спрашивали
If the teacher does not return to work after maternity leave, will he be unable to go to work for 3 years?
The employee's return to work is his full right.
Вы спрашивали
Can a female teacher with children under three years of age work without obtaining a professional certificate?
This contradicts the Resolution of the Cabinet of Ministers No. 87.
Вы спрашивали
When will 75% of the decree be paid?
An employee is paid a pension in the amount of not less than 75 percent of the average monthly salary.
English
Edit your comment