Qirg‘izistonda pensiyadagi o‘qituvchilarni ishdan bo‘shatish taklif qilindi
Qirg‘izistonda pensiya yoshidagi o‘qituvchilar ishda qolayotgani va yosh mutaxassislar uchun esa ish o‘rinlari yetishmayotgani sababli Mehnat kodeksiga o‘zgartirish kiritish taklif qilindi. Prezident Sadir Japarov tegishli qonun loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi.
Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatida yashovchi Gulbara ismli ayol yosh o‘qituvchilarga maktablarda ishlash imkoniyatini yaratish masalasini ko‘tardi. Bu haqda u prezident Sadir Japarovning Ala-Buka tumani aholisi bilan uchrashuvi davomida ma’lum qildi.
Ayolning fikricha, nafaqa yoshidagi o‘qituvchilar ish joylarini bo‘shatmayotgani sababli yosh mutaxassislar ishga joylashishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
“Nafaqalarini olib, uyda o‘tirishsin, yoshlarga ish o‘rinlarini bo‘shatib berishsin”, - dedi u.
Qirg‘iziston Ma’rifat vaziri Dog‘durkul Kendirbayeva prezidentga izoh berar ekan, o‘qituvchilarning ish haqi oshirilganidan keyin ta’lim muassasalarida raqobat kuchayganini bildirdi. Uning aytishicha, mamlakatda o‘qituvchilarga bo‘lgan ehtiyoj 100 foiz qoplangan.
Vazirning ta’kidlashicha, nafaqa yoshidagi pedagoglarni faqat yoshi sababli ishdan bo‘shatish amaldagi qonunchilik bilan cheklangan. Chunki ular davlat xizmatchilari hisoblanmaydi va Mehnat kodeksi bilan himoyalangan.
“Aslida, ikki avlod o‘rtasida jiddiy kelishmovchiliklar bor. Ayrimlar boshqalardan ish joylarini bo‘shatishni talab qilmoqda. 68–70 yoshida ham ishlayotgan fuqarolar bor. Ular faqat o‘z xohishlari bilan ishdan ketishlari mumkin.
Ishdan bo‘shatilgan o‘qituvchilar sud qarori bilan ishga qayta tiklangan holatlar ham bo‘lgan. Buning uchun Mehnat kodeksini o‘zgartirishimiz kerak”, — dedi Dog‘durkul Kendirbayeva.
Prezident qonunchilikni o‘zgartirishni taklif qildi
Uchrashuv davomida Sadir Japarov yosh mutaxassislar orasida ish o‘rinlariga talab yuqori bo‘lsa, ushbu masalani qonunchilik darajasida hal etish zarurligini aytdi. U mas’ullarga ijtimoiy blok vakillari bilan hamkorlikda qonun loyihasini ishlab chiqish va Jogorku Kenesh — Qirg‘iziston parlamenti bilan birgalikda ko‘rib chiqish uchun taqdim etish bo‘yicha topshiriq berdi. Prezident tegishli qonun loyihasi taqdim etilsa, uni imzolashga tayyorligini ham bildirdi.
O‘zbekistonda pensioner o‘qituvchilar masalasi qanday tartibga solingan?
O‘zbekistonda ham nafaqa yoshidagi o‘qituvchilarning maktablarda ishlashi har yili muhokamalarga sabab bo‘ladi. Ayrimlar yosh mutaxassislarni ish bilan ta’minlash uchun pensioner pedagoglarga dars bermaslik kerakligini ta’kidlasa, boshqalar tajribali o‘qituvchilarning bilim va ko‘nikmalaridan foydalanish muhimligini aytadi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra, xodimni pensiya yoshiga yetgani sababli ishdan bo‘shatish mumkin emas. Mehnat kodeksining 4-moddasida mehnat huquqlarini amalga oshirishda teng imkoniyatlar kafolatlangan hamda mehnat va mashg‘ulotlar sohasida yoshga qarab kamsitish taqiqlangan.
Shuningdek, O‘zbekistonda ishlayotgan pensionerlar pensiya bilan birga ish haqi ham olishlari mumkin. Amaldagi tartibga muvofiq, ishlayotgan pensionerlarga pensiya belgilangan shartlar asosida to‘liq miqdorda to‘lanadi.
Comments 1
Please register to comment!
News
Farg‘onadagi uchta bog‘chada bolalar kasallanishi holati kuzatildi
Ertadan pedagoglar uchun kuzgi attestatsiya sinovlari boshlanadi
Ta’lim tizimida psixologik xizmatni rivojlantirish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi
“Aravani tortolmagan kadr bizning oramizda bo‘lmaydi” — Erkinjon Turdimov
News on the topic
Вы спрашивали
Pensiyaoldi yoshidagi, o‘rta-maxsus ma’lumotli pedagogni ishdan bo‘shatish to‘g‘rimi?
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirning 2025-yil 23-oktabrdagi 398-sonli buyrug‘i bilan sinf rahbarlariga qo‘yilgan oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lish talabi butunlay bekor qilingan.
Вы спрашивали
Pensioner o'qituvchilar o'rnini yosh kadrlarga qanday qilib bo'shatish mumkin?
Qanday qilib pensiyadagi ustozlarga endi yoshlarga yo‘l berish kerakligini tushuntirish mumkin. Yosh kadrlar energiyasidan bilimidan foydalanish, qo‘llab-quvvatlash kerakligini qanday tushuntirish mumkin. Pensiyadagilar ishdan ketishni ham, yoshlarga yo‘l berishni ham bilmaydi. Iltimos maslahat bering.
The President presented the schoolboy with a personal phone and other items.
This meeting was triggered by a video that sparked widespread discussion on social media.
News
The retirement age for teachers may be reduced to 50 years.
The leader of the "Milliy Tiklanish" party, Alisher Kadyrov, puts forward a proposal to reduce the retirement age to 50 years, based on the difficult work in educational institutions.
English
Edit your comment