Joriy o'quv yilidan pensionerlarga faqat 6 soat dars beriladimi?
Savol
Ijtimoiy tarmoqlarda yangi o‘quv yilidan boshlab pensiya yoshidagi o‘qituvchilarga haftasiga 6 soatdan dars berilishi borasida xabarlar tarqalmoqda. Bu xabarlar qanchalik asosli?
Javob
So‘nggi paytlarda telegramdagi turli xil guruh va kanallarda pensiya yoshidagi o‘qituvchilarni dars soatlari bilan ta’minlash borasidagi xabarlar tarqaldi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5597-sonli qarori asos qilib keltirilgan.
Mazkur tarqalgan xabarda “Oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan talabalar ko‘pligi hamda faoliyatini to‘liq to‘xtatgan kasb-hunar kollejlarining pedagog xodimlarini ish bilan ta’minlash maqsadida nafaqadagi o‘qituvchilarga haftalik 6 soatdan oshmagan holda dars soatlari bilan ta’minlash hamda ular bilan o‘quv yili uchun shartnomalar rasmiylashtirish zarur” ekanligi qayd etilgan.
Ammo ushbu xabarlar qonuniy asosga ega emas
Chunki, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 4-moddasida har kim mehnat huquqlarini amalga oshirish va himoya qilishda teng imkoniyatlarga ega ekanligi qayd etilgan.
Shuningdek, mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitish taqiqlangan bo‘lib, jinsi, yoshi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati va mansab mavqeyi, yashash joyi, dinga bo‘lgan munosabati, e’tiqodi, jamoat birlashmalariga mansubligi, shuningdek xodimlarning ishchanlik sifatlari va mehnati natijalari bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa jihatlariga qarab mehnat va mashg‘ulotlar sohasida biror-bir to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita cheklovlar belgilash, xuddi shuningdek biror-bir to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita imtiyozlar berish kamsitish hisoblanishi alohida qayd etib o‘tilgan.
Shuni alohida qayd etish lozimki, dars taqsimotida o‘qituvchining yoshi rol o‘ynamaydi. Bunda o‘qituvchining ta’lim sifatiga hamda u erishgan natijalariga e’tibor qaratiladi. Har qanday holatda ham o‘qituvchilarga dars soatlari “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida” nizom bilan belgilab berilgan ustuvor ketma-ketlik asosida taqsimlanadi.
O‘qituvchi pensioner ekan, unga kamroq dars berilishi kerak degan qoida yo‘q. Lekin pensioner xodimning hech qanday yutuqlari bo‘lmasa, u dars beradigan sinfning ta’lim sifati past bo‘lsa, yetarlicha ko‘rsatgichlari mavjud bo‘lmasa bu vaziyatda o‘z fanining mutaxassisi, bir qancha natijalarga erishib, malaka toifasiga ega bo‘lgan xodimga ko‘proq dars soatlari berish mumkin.
Aksincha xodim pensioner bo‘lishiga qaramay bir qancha yutuq hamda malaka toifasiga ega bo‘lsa, u holda nafaqa yoshidagi o‘qituvchiga ko‘proq dars berish mumkin.
Izohlar 2
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi eng korrupsiyalashgan tizim sifatida tilga olindi
29-avgustga qadar barcha hududlarda “Ustozlar milliy forumi” bo‘lib o‘tadi
Ta’limga ajratilgan mablag‘lar nimalarga sarflandi?
Nogironligi bo‘lgan pedagoglarga attestatsiya va milliy sertifikat imtihonlarida qo‘shimcha vaqt beriladi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Pensioner o'qituvchilar o'rnini yosh kadrlarga qanday qilib bo'shatish mumkin?
Qanday qilib pensiyadagi ustozlarga endi yoshlarga yo‘l berish kerakligini tushuntirish mumkin. Yosh kadrlar energiyasidan bilimidan foydalanish, qo‘llab-quvvatlash kerakligini qanday tushuntirish mumkin. Pensiyadagilar ishdan ketishni ham, yoshlarga yo‘l berishni ham bilmaydi. Iltimos maslahat bering.
Yangiliklar
Boshlang‘ich sinflarda jismoniy tarbiya fanini kim o‘qitishi kerak? Vazirlik izoh berdi
Avvalroq, xalqtaliminfo.uz’da boshlang‘ich sinflarda jismoniy tarbiya fanidan dars berish masalasiga doir maqola e’lon qilingandi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mazkur maqola yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Yangiliklar
Boshlang‘ich sinflarda jismoniy tarbiya fanidan dars berish masalasi muhokamalar markazida
Ma’lumki, boshlang‘ich sinflarda bir qancha alohida fanlar ham o‘qitiladi. Shu kunga qadar mazkur fanlarning ayrimlari yuqori sinf o‘qituvchilari, ayrimlarini esa boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari tomonidan o‘qitib kelingan.
So'ragan edingiz
Dekret ta’tilidan qaytgan o‘qituvchilarga faqat ta’tildan avvalgi dars soatlarigina beriladimi?
Dekret ta’tilidan qaytgan o‘qituvchilarga ta’tildan avvalgi dars soatlarigina beriladi degan qoida yo‘q.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang