Top.Mail.Ru
2025-yil 1-fevraldan bolalar masalalari bo‘yicha vasiylik va homiylik komissiyalari faoliyati tugatiladi

2025-yil 1-fevraldan bolalar masalalari bo‘yicha vasiylik va homiylik komissiyalari faoliyati tugatiladi

09:44 / 03.01.2025 1.01k

“Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirish shakllari bo‘yicha ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining qarori (893-son, 27.12.2024 y.) qabul qilindi.


Qarorga ko‘ra, quyidagilar tasdiqlandi, jumladan:


  • O‘zbekiston Respublikasida voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan vasiylik va homiylik organi to‘g‘risidagi nizom;


  • Voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan vasiylik va homiylik belgilash tartibi to‘g‘risidagi nizom;


  • Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni farzandlikka olish tartibi to‘g‘risidagi nizom;


  • Bolalar uylari to‘g‘risidagi nizom;


  • Mehribonlik uylari to‘g‘risidagi nizom;


  • Kichik hajmli bolalar uylari to‘g‘risidagi nizom.


Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni oilaga tarbiyaga (patronat) olgan tutingan ota-onalarga har oylik to‘lovlar to‘lash hamda bolalarni kiyim-bosh va poyabzal bilan ta’minlash xarajatlari 2025-yildan Ijtimoiy himoya milliy agentligiga respublika byudjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.


2025-yil 1-fevraldan tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar masalalari bo‘yicha vasiylik va homiylik bo‘yicha komissiyalar faoliyati tugatiladi.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Vasiylik va homiylik
  • Yetim bolalar

Ulashish