Top.Mail.Ru
Barcha hududiy boshqarma boshliqlariga BYD avtomobili berildi

Barcha hududiy boshqarma boshliqlariga BYD avtomobili berildi

18:50 / 27.06.2025 591

Joriy yilning 19-iyun kuni Samarqand shahridagi “Boqiy shahar” majmuasida “Turon” maktab teatri va “Iqtidor” maktab ansambli tanlovlari g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 


Mazkur tadbir oldidan esa Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining barcha hududiy Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rahbarlariga BYD rusumidagi xizmat avtomobillari topshirildi.


Boshqarma boshliqlariga xizmat avtomashinalarini topshirish tadbirida 
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova hamda Prezident yordamchisi (hozirda Prezident Administratsiyasi rahbari) Saida Mirziyoyeva ham ishtirok etdi.


Bu haqda Saida Mirziyoyeva o‘zining rasmiy Telegram sahifasida yozib qoldirdi.


Shuni alohida ta’kidlash joizki, topshirilgan avtomashinalar boshqarma boshliqlarining shaxsiy mulki hisoblanmaydi. Ya’ni, ushbu transport vositalari hududiy boshqarma rahbarlariga faqatgina xizmat faoliyati davomida foydalanish uchun vaqtincha ajratilgan.


Agar boshqarma boshlig‘i boshqa lavozimga o‘tsa, ishdan bo‘shatilsa, avtomobil avtomatik tarzda yangi tayinlangan boshqarma rahbarining tasarrufiga o‘tadi.

Izohlar 1

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Taqdirlash

Ulashish