Top.Mail.Ru
Samarqandlik 8-sinf o‘quvchisi “Yosh kitobxon”da g‘olib bo‘lib, Cobalt avtomobilini qo‘lga kiritdi

Samarqandlik 8-sinf o‘quvchisi “Yosh kitobxon”da g‘olib bo‘lib, Cobalt avtomobilini qo‘lga kiritdi

22:13 / 17.02.2024 5.16k

Xabaringiz bor, 2023-yilning sentabr-dekabr oylarida mahalla-sektor-tuman-hudud bosqichlari o‘tkazilgan “Yosh kitobxon” tanlovining respublika final bosqichi 2024-yilning 15-23-fevral kunlari o‘tkazilishi reja qilingandi.

15-fevral kuni Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida “Yosh kitobxon” tanlovining respublika final bosqichining ochilish marosimi bo‘lib, tanlovning 1-shartiga start berilgandi. 17-fevral kuni  “Yosh kitobxon” tanlovining 10-14 yosh toifasi final bosqichi gʻoliblari aniqlandi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi 12-umuta’lim maktabi 8-sinf o‘quvchisi Nargiza Muhammadiyeva 5 ta shart bo‘yicha 417,4 ball bilan g‘olib bo‘lib, Prezident sovg‘asi “Cobalt” avtomobilini qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, 387 ball bilan ikkinchi o‘rinni egallagan Mansurjonova Eʼzoza Jasur qizi (Namangan viloyati) 50.000.000 so‘m pul mukofoti bilan, 379 ball bilan uchinchi o‘rinni egallagan Sharopova Halima Sherali qizi (Buxoro viloyati) 30.000.000 soʻm pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Final bosqichida qatnashgan barcha ishtirokchilar esa 10.000.000 soʻmdan pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Taqdirlash
  • tanlov
  • o'quvchi
  • rag'bat
  • Yutuq

Ulashish

line

Mavzuga doir yangiliklar

Yangiliklar

Qaysi toifadagi o‘qituvchilarga uy-joy ipoteka krediti uchun subsidiya berilishi aniq bo‘ldi

Nihoyat, Vazirlar Mahkamasining “Oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega bo‘lgan pedagoglarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

09:00 / 21.02.2026
Yangiliklar

Yangi o‘quv yilidan boshlab maktablarda “Eng yaxshi startap g‘oyasi” tanlovi o‘tkaziladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Startaplarni qo‘llab-quvvatlashning kompleks ekotizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (PQ–59-son, 11.02.2026 y.) imzolandi.

10:00 / 13.02.2026
Yangiliklar

O‘quvchi-qizlar o‘rtasida futbol musobaqasi o‘tkazilib, g‘olib jamoaga “Damas” beriladi

O‘quvchi-qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha ilk bora  “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasi tashkil etiladi.

11:09 / 24.01.2026
Yangiliklar

Ayrim maktablar elektromobil bilan, o‘qituvchilar esa xorijga sayohat hamda 1000 AQSh dollar bilan taqdirlanadi

Endilikda “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” tanlovi o‘tkazilib, g‘oliblar pul mukofotlari va qimmatbaho sovg‘alar, jumladan, 100 nafar o‘qituvchi 1 000 AQSh dollari pul mukofoti, 10 nafar o‘qituvchi xorijiy sayohatga yo‘llanma, 500 nafar yoshlar noutbuk va 500 nafar yoshlar qimmatbaho sovg‘alar, 3 ta oliy ta’lim tashkiloti pul mukofoti hamda 2 ta umumta’lim maktabi “Prezident sovg‘asi” — elektromobil bilan taqdirlanadi.

13:24 / 05.01.2026