5 ming nafardan ortiq o‘qituvchi attestatsiyasiz toifa oldi
Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq, belgilangan talablarga javob beradigan pedagog kadrlarga malaka toifalari sinov jarayonlari o‘tkazilmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri berilishi qayd etilgan.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining xabar berishicha, 2026-yilning 1-yanvaridan 1-iyuniga qadar pedagog xodimlarning murojaatlari asosida jami 5 163 nafar, xususan:
- 1 933 nafar pedagogga — oliy malaka toifasi;
- 2 014 nafar pedagogga — birinchi malaka toifasi;
- 1 216 nafar pedagogga — ikkinchi malaka toifasi berildi.
Ayni vaqtda mazkur malaka toifalari tasdiqlanib, pedagoglarning shaxsiy kabinetlariga sertifikatlar yuborilgan.
Ma’lumot uchun: Amaldagi tartibga ko‘ra, quyidagi pedagog kadrlarga malaka toifasi attestatsiyadan o‘tkazilmasdan beriladi:
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan ro‘yxati tasdiqlanadigan sport musobaqalarining:
- xalqaro hamda respublika bosqichida 3-o‘rinni egallagan tarbiyalanuvchisini tayyorlagan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya yo‘riqchilariga — ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi);
- xalqaro hamda respublika bosqichida 2-o‘rinni egallagan tarbiyalanuvchisini tayyorlagan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya yo‘riqchilariga — birinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi);
- xalqaro hamda respublika bosqichida 1-o‘rinni egallagan tarbiyalanuvchisini tayyorlagan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya yo‘riqchilariga — oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi);
belgilangan tartibda tasdiqlanadigan xalqaro va respublika miqyosidagi sport hamda ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika, hududiy va jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari kalendar-rejalariga kiritiladigan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘tkaziladigan xalqaro va respublika miqyosidagi rasmiy sport yoki ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari ro‘yxatiga kiritilgan sport musobaqalarining:
- xalqaro hamda respublika bosqichida 3-o‘rinni egallagan o‘quvchisini tayyorlagan ta’lim tashkilotlari jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga — ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi);
- xalqaro hamda respublika bosqichida 2-o‘rinni egallagan o‘quvchisini tayyorlagan ta’lim tashkilotlari jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga — birinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi);
- xalqaro hamda respublika bosqichida 1-o‘rinni egallagan o‘quvchisini tayyorlagan ta’lim tashkilotlari jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga — oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi);
jismoniy tarbiya fani olimpiadasining, shuningdek, “Besh tashabbus olimpiadasi”, olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha uch bosqichli umumrespublika sport musobaqalarining:
- respublika (final) bosqichida 3-o‘rinni egallagan o‘quvchisini tayyorlagan ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga — ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi);
- respublika (final) bosqichida 2-o‘rinni egallagan o‘quvchisini tayyorlagan ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga — birinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi);
- respublika (final) bosqichida 1-o‘rinni egallagan o‘quvchisini tayyorlagan ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga — oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi);
- xalqaro matematika (IMO), fizika (IPhO), kimyo (IChO), biologiya (IBO) informatika (IOI) olimpiadalarida oltin, kumush yoki bronza medalni (birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinni) qo‘lga kiritgan sovrindor o‘quvchini tayyorlagan ta’lim tashkilotlarining pedagog kadrlariga — oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi).
Quyidagi pedagog kadrlarining malaka toifasi (lavozimi) bir pog‘onaga oshiriladi
- O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlangan pedagog kadrlar;
- “Ustoz” milliy mukofoti g‘oliblari;
- Worldskills musobaqalari sovrindorlarini tayyorlagan ta’lim tashkilotlarining pedagog kadrlari;
- respublika miqyosidagi fan olimpiadalari va ko‘rik-tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarni tayyorlagan pedagog kadrlar;
- Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Kirish imtihonida qatnashgan abituriyentlarning 73 foizi talaba bo‘lolmadi
MMTV sobiq matbuot kotibi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi axborot xizmati rahbari lavozimiga tayinlandi
Vazir ustamasi bo‘yicha apellyatsiya yuborish imkoniyati cheklab qo‘yildimi?
Endilikda musiqa o‘qituvchilariga o‘quvchilar natijasiga qarab 20 foizgacha ustama to‘lanadi
Mavzuga doir yangiliklar
Ta'lim siyosati
Bo‘lajak o‘qituvchilar bilimi tashqi diagnostikadan o‘tkazish tashabbusi bo‘yicha xavotirlar
Mazkur loyihaning qabul qilinishi pedagogik kadrlar tayyorlash sifatini oshirmaydi, balki yangi muammolar va yuridik kolliziyalarni yaratish orqali ortga tortadi.
Yangiliklar
Endilikda bo‘lajak o‘qituvchilar bilimi tashqi diagnostikadan o‘tkaziladi
Bunda oliy ta’lim tashkilotida bakalavriat bosqichining pedagogika ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning bilimlarini yagona metodologik yondashuv asosida tashqi diagnostikadan o‘tkazish orqali tahlil qilinadi.
Yangiliklar
Jismoniy tarbiya o‘qituvchilari uchun amaliy imtihon sanasi aniq bo‘ldi
Malaka sinovlarini amaliy imtihon shaklida o‘tkazish reja-jadvali hamda hududiy ishchi guruhlar va baholash komissiyasi tarkibi tasdiqlandi.
Yangiliklar
Attestatsiya bazasi yana “ish ko‘rsatdi”
2026-yil 27-aprel kuni o‘tkazilgan matematika fanidan bo‘lib o‘tgan malaka toifa sinovlari paytida texnik nosozlik tufayli pedagoglar imtihon o‘tkaziladigan binoda uzoq vaqt qolib ketganligi aytildi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang