O‘qituvchilarga va’da qilingan yana bir imtiyoz kuchga kirdi
Xabaringiz bor, 2025-yil 15-sentabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’lim tizimi xodimlari bilan uchrashuv chog‘ida pedagoglarni yanada qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi tashabbuslarni ilgari surib, o‘qituvchilarga 8 ta imtiyoz joriy etilishi haqida aytgandi.
Ulardan biri dunyodagi TOP-300 talik oliygohlarga o‘qishga kirgan pedagoglarga 20 ming dollargacha imtiyozli ta’lim krediti ajratish to‘g‘risidagi tashabbus edi.
2026-yil 2-mart kuni Vazirlar Mahkamasining “Yoshlar va pedagog xodimlarning xorijda ta’lim olishlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 88-son qarori imzolandi.
Qarorga ko‘ra, 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingida yuqori TOP-300 talik ro‘yxatga kirgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagidagi yoshlar va pedagog xodimlarga bir o‘quv yili uchun 20 ming AQSH dollarigacha bo‘lgan miqdorda ta’lim krediti ajratish tizimi joriy etiladi.
Bunda ta’lim krediti xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingida yuqori TOP-300 talik ro‘yxatga kirgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagidagi kredit oluvchilarga bir o‘quv yili uchun 20 ming AQSH dollarigacha miqdordagi ekvivalentda milliy valyutada ajratiladi.
Ta’lim kreditining asosiy qarzi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi. Ta’lim krediti uchun foizlarni hisoblash va to‘lash oliy ta’lim tashkilotiga mablag‘ o‘tkazilgan sanadan boshlab, asosiy qarzni qaytarish esa kredit oluvchi tomonidan oliy ta’lim tashkilotida ta’limning tegishli shakli bo‘yicha o‘qishning rasmiy belgilangan muddati tugallangandan so‘ng yettinchi oydan boshlab amalga oshiriladi.
Pedagoglar ta’lim kreditini olish uchun bankka murojaat qilishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
- ta’lim krediti olish to‘g‘risidagi ariza;
- ariza beruvchi (birgalikda qarz oluvchi)larning amalda bo‘lgan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlari nusxasi;
- ta’lim tashkilotidan talabaning qabul qilingani to‘g‘risidagi taklifnoma-xat (1-kurs talabalari uchun);
- har bir o‘qish davrining (semestr, trimestr, yarim yillik va yillik) yakunlari bo‘yicha akademik o‘zlashtirish natijalari to‘g‘risidagi hujjat (2-kursdan boshlab);
- to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma hamda oliy ta’lim tashkilotining bank rekvizitlari (hisobvaraq raqami, SWIFT kodi) ko‘rsatilgan invoys;
- birgalikda qarz oluvchilarning so‘nggi 12 oylik daromadlari yuzasidan ma’lumot;
- o‘ttiz yoshdan oshgan pedagog xodimlar uchun Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan yuklangan mehnat daftarchasidan ko‘chirma nusxasi (mazkur hujjat kredit oluvchining pedagog xodim ekanligini aniqlash uchun foydalaniladi);
- bankning ichki qoidalarida belgilangan boshqa hujjatlar.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vazirlar Mahkamasining “Oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega bo‘lgan pedagoglarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan 15 yil stajga ega bo‘lgan oliy toifali pedagoglarga ipoteka krediti boshlang‘ich badalining 25 foizini qoplab berish bo‘yicha imtiyozlar ham kuchga kirgandi.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari Prezident administratsiyasi va Sport vazirligiga murojaat yo‘lladi
O‘qituvchilar uchun attestatsiya to‘lovi 50 foizga arzonlashdi
Vazir E’zoza Karimova va uning xodimlari oqqon va saratonga chalingan bolalar chizgan rasmlarni yuqori narxda sotib oldi
20-iyundan 1-sinfga qabul jarayonlari boshlanadi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
O‘qituvchilar uchun attestatsiya to‘lovi 50 foizga arzonlashdi
Joriy yilning 17-aprel kungi Vazirlar Mahkamasining 175-sonli qarori bilan hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Yangiliklar
3 ta maktab jamoasiga “Damas” va pul mukofotlari berildi
Avvalroq, o‘quvchi-qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha ilk bora “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasi tashkil etilib, g‘olib jamoaga “Damas” avtomashinasi va 250 mln so‘mgacha pul mukofoti berilishi haqida xabar bergandik.
Yangiliklar
Vazirlik tizimidagi Respublika tashxis markazi direktoriga “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni berildi
Liliya Gaynutdinovaga ushbu ko‘krak nishoni Toshkent shahridagi Xalqaro anjumanlar saroyida bo‘lib o‘tgan tantanali taqdirlash marosimida topshirilgan.
Yangiliklar
Qaysi toifadagi o‘qituvchilarga uy-joy ipoteka krediti uchun subsidiya berilishi aniq bo‘ldi
Nihoyat, Vazirlar Mahkamasining “Oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega bo‘lgan pedagoglarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang