Top.Mail.Ru
O‘qituvchilarga va’da qilingan yana bir imtiyoz kuchga kirdi

O‘qituvchilarga va’da qilingan yana bir imtiyoz kuchga kirdi

10:19 / 12.03.2026 5.69k

Xabaringiz bor, 2025-yil 15-sentabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’lim tizimi xodimlari bilan uchrashuv chog‘ida pedagoglarni yanada qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi tashabbuslarni ilgari surib, o‘qituvchilarga 8 ta imtiyoz joriy etilishi haqida aytgandi.


Ulardan biri dunyodagi TOP-300 talik oliygohlarga o‘qishga kirgan pedagoglarga 20 ming dollargacha imtiyozli ta’lim krediti ajratish to‘g‘risidagi tashabbus edi.


2026-yil 2-mart kuni Vazirlar Mahkamasining “Yoshlar va pedagog xodimlarning xorijda ta’lim olishlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 88-son qarori imzolandi.


Qarorga ko‘ra, 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingida yuqori TOP-300 talik ro‘yxatga kirgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagidagi yoshlar va pedagog xodimlarga bir o‘quv yili uchun 20 ming AQSH dollarigacha bo‘lgan miqdorda ta’lim krediti ajratish tizimi joriy etiladi.


Bunda ta’lim krediti xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingida yuqori TOP-300 talik ro‘yxatga kirgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagidagi kredit oluvchilarga bir o‘quv yili uchun 20 ming AQSH dollarigacha miqdordagi ekvivalentda milliy valyutada ajratiladi.


Ta’lim kreditining asosiy qarzi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi. Ta’lim krediti uchun foizlarni hisoblash va to‘lash oliy ta’lim tashkilotiga mablag‘ o‘tkazilgan sanadan boshlab, asosiy qarzni qaytarish esa kredit oluvchi tomonidan oliy ta’lim tashkilotida ta’limning tegishli shakli bo‘yicha o‘qishning rasmiy belgilangan muddati tugallangandan so‘ng yettinchi oydan boshlab amalga oshiriladi.


Pedagoglar ta’lim kreditini olish uchun bankka murojaat qilishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:


  • ta’lim krediti olish to‘g‘risidagi ariza;


  • ariza beruvchi (birgalikda qarz oluvchi)larning amalda bo‘lgan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlari nusxasi;


  • ta’lim tashkilotidan talabaning qabul qilingani to‘g‘risidagi taklifnoma-xat (1-kurs talabalari uchun);


  • har bir o‘qish davrining (semestr, trimestr, yarim yillik va yillik) yakunlari bo‘yicha akademik o‘zlashtirish natijalari to‘g‘risidagi hujjat (2-kursdan boshlab);


  • to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma hamda oliy ta’lim tashkilotining bank rekvizitlari (hisobvaraq raqami, SWIFT kodi) ko‘rsatilgan invoys;


  • birgalikda qarz oluvchilarning so‘nggi 12 oylik daromadlari yuzasidan ma’lumot;


  • o‘ttiz yoshdan oshgan pedagog xodimlar uchun Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan yuklangan mehnat daftarchasidan ko‘chirma nusxasi (mazkur hujjat kredit oluvchining pedagog xodim ekanligini aniqlash uchun foydalaniladi);


  • bankning ichki qoidalarida belgilangan boshqa hujjatlar.


Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vazirlar Mahkamasining “Oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega bo‘lgan pedagoglarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan 15 yil stajga ega bo‘lgan oliy toifali pedagoglarga ipoteka krediti boshlang‘ich badalining 25 foizini qoplab berish bo‘yicha imtiyozlar ham kuchga kirgandi.

Izohlar 1

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Imtiyoz
  • rag'bat

Ulashish

line

Mavzuga doir yangiliklar

So'ragan edingiz

Xususiy maktabda ishlaydigan pedagoglarning oliygohda o‘qiydigan farzandiga ham 30 foizlik chegirma beriladimi?

Ushbu chegirmadan davlat oliy ta’lim tashkilotida (xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlarining qo‘shma ta’lim dasturlari asosida va fakultetlarida ta’lim olayotgan talabalardan tashqari) bazaviy to‘lov-kontrakt asosida bakalavriat bosqichi kunduzgi ta’lim shakliga talabalikka tavsiya etilgan abituriyent yoki tahsil olayotgan talabalar foydalana oladi.

13:55 / 19.10.2026
So'ragan edingiz

Direktor o‘rinbosarlari pedagoglar farzandlari uchun 30 foizlik chegirmadan foydalana olmaydimi?

Mazkur imtiyozdan taʼlim tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida taʼlim va tarbiya sohasida Pedagogik faoliyat bilan bogʻliq lavozimlar roʻyxatiga kiritilgan lavozimlarda kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar foydalana oladi.

17:45 / 16.10.2026
So'ragan edingiz

Pedagoglar farzandlari uchun 30 foizlik kontrakt chegirmasi: undan qanday foydalanish mumkin?

Texnik ishlar yakunlanib, 2026-yil 14-oktabrdan boshlab pedagoglar farzandlari uchun 30 foizlik kontrakt chegirmasi uchun arizalar qabuliga start berildi.

09:33 / 15.10.2026
So'ragan edingiz

Bog‘chalardagi tarbiyachi yordamchilari farzandlariga ham 30 foizlik kontrakt chegirmasi beriladimi?

Mazkur imtiyoz Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 9-iyul bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan 3849-raqami qo‘shma qarorda belgilangan Pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatidagi xodimlarning farzandlariga nisbatan tatbiq etilishi belgilangan.

12:11 / 15.10.2026