“Zamhokim” Buxoro viloyati MMTBga boshliq bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining lavozimga tayinlash to‘g‘risidagi tegishli buyrug‘iga ko‘ra, Elliyev Hamza Quvvatovich Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar u Qorako‘l tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Hamza Elliyev 1988-yilda Samarqand viloyati Paxtachi tumanida tug‘ilgan. 2010-yilda Buxoro davlat universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi — fizika fani o‘qituvchisi.
Hamza Elliyev 2013-yilda fizika fani bo‘yicha magistrlik darajasini ham olgan. U 2010-2018-yillarda Buxoro shahar Tibbiyot kollejida o‘qituvchilikdan bo‘lim boshlig‘igacha bo‘lgan lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Hamza Elliyev Buxoro shahridagi 27-imkoniyati cheklangan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat direktori o‘rinbosari hamda Qorako‘l tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ham faoliyat olib borgan.
Shu kunga qadar Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Qurbonov Farrux Ergashevich qaysi lavozimga o‘tkazilgani haqida ma’lumot berilmagan.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Pedagoglar “Yil o‘qituvchisi” bo‘yicha appelyatsiya berolmayapti
Vazirlik tizimidagi Respublika tashxis markazi direktoriga “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni berildi
Qimor o‘ynagan MMTB boshlig‘i va direktorlar jarimga tortildi
Attestatsiya to‘lovi 10-martgacha amalga oshiriladi, biroq xatolik chiqsa, pullar qaytarilmaydi
Mavzuga doir yangiliklar
Tayinlov
Surxondaryo “oblono” boshlig‘i vazirlikka ishga o‘tdi, uning o‘rniga esa yangi rahbar tayinlandi
Mamadiyev Xusniddin Norboyevich Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga, Tashpulatov Bekzod Xamitovich esa viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlov
Ta’limni rivojlantirish markazi direktori Prezident Administratsiyasiga ishga o‘tdi, TRMga esa boshqa rahbar tayinlandi
Yuliya Vasilyevna Risyukova Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari bo‘linmasining loyiha koordinatori lavozimiga, Shaxzodbek Karimovich Kurbaniyazov esa Markaz direktori lavozimiga tayinlandi.
Tayinlov
Hilola Umarovaning o‘rnini Ilxom Siradjev egalladi
5 oy avvalroq u Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari bo‘linmasi loyiha koordinatori lavozimiga ishga o‘tgandi.
Tayinlov
Qoraqalpog‘iston Maktabgacha va maktab ta’lim vaziri lavozimidan ozod qilindi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vaziri Kojabayeva Gulistan Talasbayevna boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan lavozimidan ozod qilindi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang