Tuman hokimi Samarqand viloyati MMTBga boshliq bo‘ldi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining lavozimga tayinlash to‘g‘risidagi tegishli buyrug‘iga ko‘ra, Hamdamov Muzaffar Yazdonqulovich Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Joriy yil, 25-fevral kuni Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev raisligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri birinchi o‘rinbosari Sherzod Karimov hamda vazir o‘rinbosari Temur Komilovlar ishtirok etishdi.
Mazkur yig‘ilishda viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Hamdamov Muzaffar Yazdonqulovich tayinlangani e’lon qilindi.
Hamdamov Muzaffar 1980-yilda Samarqand viloyati, Toyloq tumanida tug‘ilgan. U 2005-yilda Toshkent moliya institutini tamomlab, soliq va soliqqa tortish, buxgalteriya hisobi va audit mutaxassisliklarini egallagan.
O‘z mehnat faoliyatini 1999-yilda Toyloq tumani hokimligi moliya bo‘limida bosh hisobchi muovini sifatida boshlagan. Keyinchalik, turli lavozimlarda, jumladan, Toyloq tumani markaziy shifoxonasi bosh hisobchisi, Samarqand viloyati moliya boshqarmasida bosh iqtisodchi, yetakchi iqtisodchi va boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.
2017-2018-yillarda Samarqand viloyati bo‘yicha G‘aznachilik boshqarmasi boshlig‘i, 2018-2019-yillarda esa viloyat Davlat moliyaviy nazorat boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
2024-yil 5-noyabrda Paxtachi tumani hokimi lavozimiga tayinlangan Hamdamov Muzaffar 2025-yil 25-fevral kuni Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Maktab direktori lavozimi uchun 10 ming AQSH dollari talab qilgan MMTB xodimi qo‘lga olindi
2026-yil sentyabrga qadar maktablarga 2000 nafar “til egalari” jalb qilinadi
3 yoshli bog‘cha bolasi mashinada unutib qoldirilgani oqibatida vafot etdi
Kirish imtihonida qatnashgan abituriyentlarning 73 foizi talaba bo‘lolmadi
Mavzuga doir yangiliklar
Tayinlov
MMTV sobiq matbuot kotibi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi axborot xizmati rahbari lavozimiga tayinlandi
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktorining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimiga Rustamova Laylo Suvankulovna tayinlandi.
Tayinlov
Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga yangi rahbar tayinlandi
Ayapov Amanjol Tlepovich Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri etib tayinlandi.
Tayinlov
Toshkent shahar MMTBga yangi rahbar tayinlandi
Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Raximjonov Jamshid Rafiqjon o‘g‘li boshqarma boshlig‘i lavozimiga vaqtincha vazifa bajaruvchi etib tayinlandi.
Tayinlov
Toshkent shahar MMTB boshlig‘i vazirlikka ishga o‘tdi
Yuldasheva Iroda Saloxutdinovna Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod qilinib, MMTV O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang