Endilikda qaysi pedagoglar umrbod malaka toifasini saqlab qoladi?
Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 130-son qarori bilan pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi takomillashtirildi.
Qarorga bilan pedagog xodimlarga umrbod malaka toifasi berish tartibi bekor qilinib, 2025-yil 1-sentabrdan boshlab barcha pedagoglar har 5 yilda attestatsiya test sinovlariga jalb qilinishi belgilandi.
Bunda 2025-yil 1-sentabrga qadar navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmagan, shuningdek, attestatsiyadan o‘tganlik muddati tugagan va amaldagi malaka toifasi saqlanib qolgan quyidagi pedagoglar majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi hamda ularga amaldagi malaka toifasi (lavozimi) bo‘yicha haq to‘lashda davom ettiriladi:
- oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega bo‘lganidan so‘ng ushbu toifani (lavozimni) 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan;
- pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan;
- yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt qolgan;
- pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan pensiya yoshiga to‘lgan pedagoglar;
Quyidagi talablardan biriga javob beradigan pedagoglarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri malaka toifasi (lavozimi) beriladi:
- pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan pedagoglarga — ularning amaldagi malaka toifasi (lavozimi);
- yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt qolgan pedagoglarga — ularning amaldagi malaka toifasi (lavozimi);
- oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega bo‘lganidan so‘ng ushbu toifani (lavozimni) 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan pedagoglarga — oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi).
Ya’ni, yuqoridagi mezonlarga to‘liq mos keladigan pedagoglar 2025-yil 1-sentyabrga qadar ushbu talablarni bajargan bo‘lishi kerak.
Yuqoridagi mezonlarga mos kelmaydigan pedagoglar esa keyinchalik oliy malaka toifasiga ega bo‘lganidan so‘ng ushbu toifani 15 yil davomida saqlab, uzluksiz ish stajiga ega bo‘lganda ham, pensiya yoshiga yetganda ham va boshqa hollarda ham har 5 yilda majburiy attestatsiyadan o‘tishiga to‘g‘ri keladi.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni 41-moddasiga ko‘ra normativ-huquqiy hujjatlar orqaga qaytish kuchiga ega emas va ular amalga kiritilganidan keyin yuzaga kelgan ijtimoiy munosabatlarga nisbatan qo‘llaniladi.
Shu sababli, 2025-yil 1-sentyabrga qadar attestatsiyaga jalb qilinmasligi belgilangan pedagog xodimlar 1-sentyabrdan keyin ham majburiy attestatsiyaga jalb qilinmaydi.
Ma’lumot uchun: Yuqoridagi normalar barcha pedagoglarga amaldagi toifasidan qat’i nazar attestatsiyadan o‘tganlik muddati tugamasdan avval malaka toifasi (lavozimi) beriladi degan ma’noni anglatmaydi.
Aytaylik, bahor oyida yuqoridagi mezonlarga mos tushadigan pedagog malaka toifasi oldi va iyun oyida uning pedagogik faoliyat bo‘yicha ish stajiga 25 yil to‘ldi, deylik. Ana shu vaziyatda pedagog xodim ushbu malaka toifasini bir umr saqlab qola oladi.
2025-yil 1-sentabrga qadar umrbod malaka toifasini saqlab qolish huquqiga ega bo‘lgan pedagog xodimlarga ham malaka toifasi muddati tugagan vaqtdagina amaldagi malaka toifasi qayta beriladi va shu malaka toifasi saqlanib qoladi.
Mavzu bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun “Tanaffus” podkastining navbatdagi sonini tomosha qiling.
Izohlar 41
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Maktab maslahatchisi lavozimiga talabalarni ishga qabul qilish boshlab yuborildi
Prezident bunday topshiriq bermagandi: o‘qituvchilarni xorijga yuborish xarajatlari ularning bo‘yniga ilindi
Pedagoglar malakasini oshirish tizimidagi kamchiliklar muhokama qilindi
“X-variant” tarqalganiga qaramay, tarixdan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Yangi olingan malaka toifasi uchun qachondan boshlab to‘lov qilinadi?
Malaka toifasi (lavozimi) saqlangan yoki oshirilgan pedagoglarga qo‘shimcha haq to‘lovlarini amalga oshirishga hech qanday limit belgilanmagan.
So'ragan edingiz
Endi 1-sinflarni o‘qitadigan o‘qituvchilar oliy yoki birinchi toifali bo‘lishi kerakmi?
Ijtimoiy tarmoqlarda “Joriy o‘quv yilidan 1-sinfni o‘qitadigan o‘qituvchilar oliy yoki birinchi toifali bo‘lishlari shart” degan mazmundagi xabarlar tarqalmoqda. Bu qanchalik asosli?
Yangiliklar
Endi malaka toifasiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga ustama uchun ball qo‘shib beriladi
Pedagog xodimlarga malaka toifasi darajasiga qarab, direktor jamg‘armasi hisobidan tayinlanadigan ustama uchun 5 balldan 20 ballgacha qo‘shib beriladi.
Yangiliklar
Endilikda psixologlar ham malaka toifasi olishi mumkin
Shu vaqtga qadar ular attestatsiyaga jalb qilinmagandi
O'zbek
Izohingizni tahrirlang