O‘qituvchiga moddiy yordam yiliga necha marta berilishi mumkin?

Savol
Bir yil davomida o‘qituvchilarga necha martagacha moddiy yordam puli bersa bo‘ladi? Masalan, o‘qituvchining o‘zi ham , uning yaqin qarindoshi ham og‘ir kasallikka chalinsa, pedagogga bir necha marta moddiy yordam puli bersa bo‘ladimi?
Javob
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 33-bandiga ko‘ra umumta’lim muassasalari xodimlariga moddiy yordam xodimning o‘zi yoki yaqin qarindoshi (otasi, onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandi) vafot etganda, og‘ir kasallikka chalinganda, xodim tabiiy ofatdan zarar ko‘rganda ko‘rsatiladi.
Bunda kalendar yili davomida bir xodimga to‘lanadigan moddiy yordamlarning jami miqdori uning lavozim maoshi (o‘qituvchining tarif stavkasi) miqdorining ikki barobaridan oshirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bu shuni anglatadiki, pedagog xodimga kalendar yili davomida beriladigan moddiy yordam berishlar soni cheklanmagan, ammo moddiy yordam puli miqdori cheklangan.
Aytaylik, pedagog xodim kalendar yili davomida og‘ir kasallikka chalindi va unga lavozim maoshi miqdorining bir barobari miqdorida moddiy yordam puli berildi.
Oradan hech qancha vaqt o‘tmay, aynan o‘sha xodimning yaqin qarindoshlaridan biri og‘ir kasallikka chalindi. Bu holatda xodimga yana bir marta lavozim maoshi miqdorining bir barobari miqdorida moddiy yordam berilishi mumkin.
Shu bilan pedagog xodimga kalendar yili davomida beriladigan moddiy yordam puli limiti tugaydi. Aksincha, pedagog xodimga og‘ir kasallikka chalingan vaqtida birdaniga ikki lavozim maoshi miqdorida moddiy yordam puli berilsa, u kalandar yili davomida boshqa moddiy yordam puli ololmaydi.
Xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsak, pedagog xodim kalendar yili davomida ikki lavozim maoshi miqdorigacha moddiy yordam puli olishga haqli. Bu summani moddiy yordam puli sifatida ikki yoki uchga bo‘lib olishi ham mumkin. Muhimi, moddiy yordam puli uning lavozim maoshi (o‘qituvchining tarif stavkasi) miqdorining ikki barobaridan oshmasa bo‘lgani.
Izohlar 5
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Yangi o‘quv yilidan 3-sinflarda ham informatika fani joriy etiladi

Ba’zi platformalarda bolalarni zararli kontentdan himoya qilish choralari kuchaytiriladi

Mashina haydagan maktab o‘quvchisi o‘z onasi va singlisining o‘limiga sababchi bo‘ldi

Aprel oyidan boshlab PIRLS 2026 tadqiqotining tajriba-sinov bosqichi boshlanadi
Mavzuga doir yangiliklar

Moddiy yordam puli cheklandimi yoki yo‘q? – Vazirlik mulozimi izoh berdi
“O‘qituvchilarga beriladigan moddiy yordam puliga cheklov o‘rnatildi” sarlavhasi ostidagi maqola e’lon qilingan maqola ortidan vazirlik mulozimi holat noto‘g‘ri talqin qilinganligi yuzasidan e’tiroz bildirdi.

O‘qituvchilarga beriladigan moddiy yordam puliga cheklov o‘rnatildi
Endilikda, moddiy yordamlarning jami miqdori o‘qituvchining tarif stavkasi miqdorining ikki barobaridan oshirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

O‘qituvchining turmush o‘rtog‘i og‘ir kasal bo‘lsa, unga moddiy yordam beriladimi?
Umumtaʼlim muassasalari xodimlariga moddiy yordam yaqin qarindoshi og‘ir kasallikka chalinganda ko‘rsatiladi.

Pedagog xodimga moddiy yordam kalendar yil bo‘yicha berilishi kerakmi?
Bir kalendar yil davomida moddiy yordamning cheklangan miqdori belgilab berilgan xolos
Izohingizni tahrirlang