Pedagog xodimlarga moddiy yordam belgilashda shifokor xulosasi olinadi va hisobchi bilan kelishiladi — MMTV
Pedagog xodimlarga direktor jamg‘armasi hisobidan moddiy yordam ajratish tartibiga muhim aniqliklar kiritildi. Endilikda xodimning og‘ir kasallikka chalingani shifokor xulosasi asosida aniqlanadi.
Shuningdek, moddiy yordam, mukofot va ustamalarni rasmiylashtirishda direktor jamg‘armasida mablag‘ mavjudligi hamda bosh hisobchi bilan kelishish talabi qat’iy nazorat qilinadi. Xalqtaliminfo.uz mazkur masalaga oid ko‘rsatma xatlar bilan tanishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning direktor jamgʻarmasini tashkil etish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 33-bandida umumta’lim muassasalari xodimlariga moddiy yordam kalendar yil davomida ikki lavozim maoshi (oʻqituvchining tarif stavkasi) miqdorigacha xodimning oʻzi va yaqin qarindoshi (otasi, onasi, turmush oʻrtogʻi, farzandi) vafot etganda, ogʻir kasallikka chalinganda, xodim tabiiy ofatdan zarar koʻrganda koʻrsatilishi belgilangan.
Biroq bugungi kunda joylarda “ogʻir kasallik” tushunchasiga turlicha yondashilib, ogʻir kasallikka chalingan deb e’tirof etishda muammoli vaziyatlar yuzaga kelgan. Shu sababli, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ogʻir kasallik turlariga aniqlik kiritish maqsadida ogʻir kasalliklar roʻyxatini tasdiqlash va taqdim etilishida amaliy yordam so‘rab Sog‘liqni saqlash vazirligiga murojaat qilgan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi esa og‘ir kasallik tushunchasiga ta’rif berib, kasallikning yengil, o‘rta va og‘ir darajasi shifokor tomonidan belgilanishi maqsadga muvofiqligini ma’lum qilgan.
“Og‘ir kasallik – o‘lim xavfi yuqori bo‘lgan va insonning kundalik faoliyatiga yoki hayot sifatiga salbiy taʼsir ko‘rsatadigan yoki ularga g‘amxo‘rlik qiluvchilarga haddan tashqari qiyinchilik kelib chiqaradigan, baʼzan nogironlikka olib keluvchi sog‘liq holati (JSST taʼrifi).
Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligining tasdiqlangan davolash va protokol standartlari hamda Xalqaro kasalliklar tasnifida (XKT-10) kasalliklar ro‘yxatida 10 000 mingdan ortiq kasalliklar keltirilgan.
Har bir kasallikning kechish davri va asoratidan ko‘ra yengil, o‘rta va og‘ir darajali bo‘lishi mumkin. Masalan, o‘tkir respirator kasalligi (Gripp) yengil, o‘rta va og‘ir darajada bo‘lishi mumkin. Shu sababli, kasallikning yengil, o‘rta va og‘ir darajasini shifokor tomonidan belgilanishi maqsadga muvofiq”, - deyiladi SSV javob xatida.
Ayrim hududlarda direktor jamg‘armasida mablag‘lar yetarli bo‘lmasa-da, umumtaʼlim muassasalari xodimlari, shu jumladan rahbar xodimlariga moddiy yordam koʻrsatish boʻyicha buyruqlar rasmiylashtirilgani bois Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan joriy yilning 11-iyun kuni ko‘rsatma xat imzolangan.
Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrda 823-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan pedagog xodimlarning bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash, umumtaʼlim muassasalari xodimlariga mukofotlar berish va ularga moddiy yordam koʻrsatish ishchi guruh majlisi qarori bilan ochiq muhokama orqali hamda umumtaʼlim muassasasining pedagogik kengashi fikrlarini hisobga olib, Jamgʻarmada nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida, jamgʻarmada ajratilgan mablagʻlar yetarli boʻlmagan hollarda umumtaʼlim muassasalari xodimlari, shu jumladan rahbar xodimlariga moddiy yordam koʻrsatish boʻyicha ishchi guruh qarori va direktor buyrugʻi qabul qilinmasligi belgilangan.
Biroq, ayrim hududlarda direktor jamg‘armasida mablag‘lar yetarli bo‘lmasa-da, umumtaʼlim muassasalari xodimlari, shu jumladan rahbar xodimlariga moddiy yordam koʻrsatish boʻyicha buyruqlar rasmiylashtirilib kelingan.
Bu esa to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirilmasligi va fuqarolarning murojaatlari keskin ko‘payishiga sabab bo‘lgan. Shunga koʻra, moddiy yordam to‘lanishi bo‘yicha direktor jamg‘armasiga ajratilgan mablag‘lar yetarliligiga aniqlik kiritish va to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish maqsadida “E-huquqshunos” elektron tizimida umumtaʼlim muassasalari tomonidan kiritilayotgan buyruq loyihalarini tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi bosh hisobchi bilan kelishish funksiyasi ishga tushirildi.
Endilikda, direktor jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan toʻlovlar (oylik ustama, mukofotlash va moddiy yordam berish) boʻyicha buyruq loyihalari bosh hisobchi bilan ham kelishiladi.
Bunda tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi bosh hisobchi bilan “E-huquqshunos” elektron tizimida kelishish uchun kiritilgan buyruq loyihasi bir kun muddatda koʻrib chiqiladi.
Shu sababli, endilikda yuridik markazlar buyruq loyihalarni koʻrib chiqishda direktor jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan toʻlovlarni tashkilotga ajratilgan mablagʻlar doirasida kelishilganligiga qarab tasdiqlaydi yoki inkor etadi.
Xulosa qilib aytganda, endilikda pedagog xodimlarga direktor jamg‘armasi hisobidan moddiy yordam ajratishda ikki muhim talabga amal qilinadi. Birinchidan, xodimning og‘ir kasallikka chalingani shifokor xulosasi asosida baholanadi. Ikkinchidan, moddiy yordam, mukofot va ustamalar bo‘yicha buyruqlar faqat direktor jamg‘armasida mablag‘ yetarli bo‘lgandagina rasmiylashtiriladi hamda tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bosh hisobchisi bilan kelishilgandan so‘ng tasdiqlanadi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Pedagog xodimlarga moddiy yordam belgilashda shifokor xulosasi olinadi va hisobchi bilan kelishiladi — MMTV
O‘zbekiston bola huquqlari bo‘yicha reytingda 194 davlat orasida 96-o‘rinni egalladi
Bolalarni 1-sinfga joylashdagi kadastr muammolari tufayli maxsus shtab tuzildi
Boshlang‘ich ta’limni rivojlantirish uchun Jahon banki 100 mln dollar ajratadi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
O‘qituvchiga moddiy yordam yiliga necha marta berilishi mumkin?
Bir yil davomida o‘qituvchilarga necha marta moddiy yordam puli bersa bo‘ladi? Masalan, o‘qituvchining o‘zi ham , uning yaqin qarindoshi ham og‘ir kasallikka chalinsa, bir necha marta moddiy yordam puli berish mumkinmi?
Yangiliklar
Moddiy yordam puli cheklandimi yoki yo‘q? – Vazirlik mulozimi izoh berdi
“O‘qituvchilarga beriladigan moddiy yordam puliga cheklov o‘rnatildi” sarlavhasi ostidagi maqola e’lon qilingan maqola ortidan vazirlik mulozimi holat noto‘g‘ri talqin qilinganligi yuzasidan e’tiroz bildirdi.
Yangiliklar
O‘qituvchilarga beriladigan moddiy yordam puliga cheklov o‘rnatildi
Endilikda, moddiy yordamlarning jami miqdori o‘qituvchining tarif stavkasi miqdorining ikki barobaridan oshirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
So'ragan edingiz
O‘qituvchining turmush o‘rtog‘i og‘ir kasal bo‘lsa, unga moddiy yordam beriladimi?
Umumtaʼlim muassasalari xodimlariga moddiy yordam yaqin qarindoshi og‘ir kasallikka chalinganda ko‘rsatiladi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang